Yahyobek Mo’minov — Qolursan (2018)

DO`STLARGA ULASHING:

Yahyobek Mo’minov — Qolursan (2018) 

Unutmasman seni toki tirikman,
Seni jon o`rnida saqlar tirik tan.
Hamon qalbimga sen ilhom solursan,
Mening she’rim bilan mangu qolursan. (x2)

Hayhot, birorta bizga hamdam yo`q,
Ko`ngil yig`laydi-yu ko`zlarda nam yo`q.

Esiz, taqdir ekan, qaydan bilibmiz,
Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. (x2)

Senga besh, bebaho haykal qururmen,
Gohi Shirin, gohi Layli bo`lursen.
Yasharsan doimo dostonlarimda,
Xazonsiz gul bo`lib bo`stonlarimda.

Dostonlarimda, dostonlarimda,
Xazonsiz gul bo`lib bo`stonlarimda.

Unutmasman seni toki tirikman,
Seni jon o`rnida saqlar tirik tan.
Hamon qalbimga sen ilhom solursan,
Mening she’rim bilan mangu qolursan.

Оставьте комментарий