Yangi tug’ilgan chaqaloq kindigining tushishi

DO`STLARGA ULASHING:

Tug’ruqxonadan uyga chiqgach chaqaloqning kindigi hali tushmagan bo’ladi. Shu davrda chaqaloq kindigida muammolar, chaqaloq kindigi yiringlashi, kindikning uzoq tushmasligi, kindikdan suyuqlik ajralishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigi tushishi uchun 1-2 hafta talab etiladi. Bu davrda kindik yiringlab, kindik yarasiga infeksiya tushmasligiga e’tiborli bo’lish kerak.

Ko’pchilik kindikni tezroq «quritish» maqsadida spirt bilan artib turishni tavsiya etadi. Aslida yara qanchalik quruq bo’lsa, shuncha yaxshi. Spirt terini qichitib yoki qizartirib yuborishi mumkin. Undan tashqari har qanday suyuqlik yara bitishini sekinlashtiradi.

Kindik tushmagan davrda eng muhimi uning atrofini quruq tutish. Bolani terlamasligini ta’minlash. Ortiqcha terlash kindik bitib ketishiga to’sqinlik qiladi, undan tashqari ter oqqan joyda infeksiya tarqalishi oson bo’ladi.

Kindik ko’proq ochiq havo bilan kontakt qilishi kerak. Ochiq havo yara tuzalishini tezlashtiradi.

Chaqaloqqa taglik taqayotganingizda kindikni yopib qo’ymaslikka e’tibor qiling. Taglikni yuqori qismini kindikka yetmagan holida asta bukib taqish lozim. Taglik ichida kindik bug’lar tufayli doimiy ravishda nam holatda bo’ladi, bu esa uning uzoq vaqt bitmasligiga va infeksiya tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Chaqaloqni cho’miltiryotganingizda bitmagan kindigi xo’l bo’lmasligi muhim.

Hech qachon quriyotgan kindikni kuch ishlatib tushirishga harakat qilmang. Kindik o’z vaqtida yetarlicha qurigan holda tushib ketishi lozim.

Talab etilsa, quloq tozalagich bilan kindik atrofini asta-asta artib qo’ysa bo’ladi.

Kindik va uning atrofida  biron muammo borligi alomatlari:

  • Kindikning o’zi yoki atrofdagi terisi qizargan;
  • Kindik joyi ishib qolgan;
  • Kindikdan suyuqlik ajralmoqda;
  • Kindikdan yomon hid kelmoqda;
  • Bolaga kindik joyi og’riq berayotgandek tuyulmoqda.

Ushbu alomatlardan biri namoyon bo’lsa, darhol shifokorga murojaat etish lozim. Uy sharoitida chaqaloqni kindigi muammolarini davolash mumkin emas. Ba’zida kindikning yiringlashi chaqaloq hayotiga xavf soladi.

Qurigan kindik tabiiy ravishda tushib ketgach uning o’rnida juda oz miqdorda qon tomchisi yoki oz miqdorda sarg’ish suyuqlik ajralishi kuzatilishi mumkin. Bu holat normal bo’lib 5-6 kunda o’tib ketishi kerak. O’tib ketmayotgan bo’lsa shifokorga murojaat etish talab etiladi. Kindik ichida infeksiya ehtimolini yo’q qilish zarur.

14 комментариев к “Yangi tug’ilgan chaqaloq kindigining tushishi”

  1. Уведомление: DevOps future trends

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: 토토포켓몬

  4. Уведомление: try here

  5. Уведомление: find

  6. Уведомление: try these out

  7. Уведомление: zweefparasol vierkant

  8. Уведомление: https://www.buoyhealth.com/blog/health/phenq-reviews

  9. Уведомление: http://www.thevorheesfamily.com/gbook/go.php?url=https://ecgma.co.za/

  10. Уведомление: crystal meth in ww2

  11. Уведомление: medicamente pentru ficat

  12. Уведомление: pink banner strain

  13. Уведомление: naakte tieten

  14. Уведомление: compound bow

Комментарии закрыты.