Yangi yil salatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Yurtimizda, quvonchli kunlarda, bayramlarda, ayniqsa yangi yil uchun tayyorlanadigan salatlar retspetini sizlarga taklif etaman. Yangi yil ayyomida nafaqat ananaviy olivye salatini, balki boshqa salatlarni ham mehmonlarga tortiq qiling. Ushbu salatlar ishonaman barchaga manzur bo’ladi.
1. Bodring salati.
Tayyorlanishi: O’rtacha qalinlikdagi bodringni olib somoncha (oshga to’g’raladigan sabzidan salgina qalinrok) shaklda to’g’raladi va ustiga somoncha (bodringdan salgina ingichkaroq) qilib qovrilgan go’sht va qovrilgan kartoshka solinadi (kartoshka ham bodring singari) va ustidan sabzi chimchi ham solinadi ta’bga ko’ra tuz, ozgina murch, qalampir va salatga qizg’ish rang beruvchi salat rangidan ozgina solinib bir oz uksus ham solinadida, yaxshilab katta vilka yordamida extiyotkorona aralashtiriladi. Likobchalarga solib ustidan to’g’ralgan shivit ko’katidan sepib dasturxonga tortiladi.
2. Meksikacha salat.
Kerakli mahsulotlar:
  • Pomidor — 3 dona.
  • Qovurilgan tovuq go’shti – 200 gr.
  • Pishgan guruch – 100 gr.
  • Konservalangan loviya – 100 gr.
  • Konservalangan jo’xori – 100 gr.
  • Ko’katlar.
  • Mayonez – 250 gr.
Tayyorlanishi:
Tovuq go’shti to’rtburchak, pomidor esa o’rtacha hajmdagi bo’laklarga bo’linadi va ko’katlar mayda to’g’ralib, tayyorlab olingan mahsulotlar aralashtiriladi. So’ng guruch, loviya, makkajo’xori, tuz qo’shiladi. Tayyor bo’lgan salat likopga solinadi va mayonez bilan bezak beriladi. Yoqimli ishtaha!
3. Vitamiglarga boy salatlar
Kerakli mahsulotlar:
  • Bodring – 2 dona.
  • Olma — 2 dona.
  • Sabzi – 2 dona.
  • Pomidor – 1 dona.
  • Limon sharbati — 1 choy qoshiq.
  • Salat barglari- 100 gr.
  • Tuz va shakar – ta’bga ko‘ra.
  • Smetana – yarim stakan.
  • Ko’katlar.
Tayyorlanishi:
Bodring, olma va sabzi somoncha shaklida to’g’raladi. Salat barglari 3-4 bo’lakka ajratiladi. Smetana va limon sharbati aralashtiriladi. Barcha tayyorlab olingan mahsulotlar, shuningdek, smetanali qorishma, tuz, shakar aralashtiriladi. Salatni dasturxonga tortishdan avval pomidor bo’laklari hamda ko’katlar bilan bezatish mumkin.
4. Tikochu salati.
Kerakli maxsulotlar:
  • 4 dona qaynatib pishirilgan tuxum,
  • 200 gr kolbasa,
  • 200 gr mayonez,
  • 1 bog’ ko’k piyo,
  • ta’bga ko’ra tuz.
Tayyorlanishi:
Xamma maxsulotlarni katta to’rtburchak shaklida to’g’raladi va mayonez bilan aralashtirilib bezatiladi va dasturxonga tortiladi.
5. Bufton salati.
Kerakli maxsulotlar:
  • 1 banka konservalangan makkajo’xori,
  • 200 gr qaynatilgan sabzi,
  • 4 dona qaynatilgan tuxum,
  • 300 gr go’sht yoki kolbasa,
  • 100 gr mayonez,
  • bir chimdim tuz.
Tayyorlanishi:
Xamma masalliqlar katta parrak shaklida to’g’raladi, tuz, mayonez qo’shib aralashtiriladi va bezatiladi.
6. Zijon salati, yangi yil dasturxoniga.
Kerakli massaliklar:
  • 1 kg jigar,
  • 4 dona oq piyoz,
  • 200 gr oq moy,
  • 4 dona sabzi,
  • 1 bog’ ko’k piyoz,
  • 1 choy qoshiq uksus,
  • 1 choy qoshiq tuz.
Tayyorlanishi:
Jigar to’rtburchak yoki somoncha shaklida to’g’raladi, piyoz parrak shaklida to’graladi, sabzini mayda to’rtburchak shaklida to’g’raymiz. Qizib turgan yog’da avval sabzini aloxida qovurib olamiz keyin piyozni qovurib olamiz va jigarni xam aloxida kovurib olamiz. Barcha qovrilgan mahsulotlarni idishga solib ustidan 1 bog’ ko’k piyozni mayda to’g’rab ustidan uksus va tuz solib aralashtiramiz, tarelkalarga solib ustini oq piyoz bilan bezatamiz. Dasturxonga tortamiz.
Kirib kelayotgan yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin Aziz yurtdoshlar.
oq-ayiq.net