«Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari» tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

«Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari» tadbir ssenariysi
Buxoro viloyati
Kogon tumani XTB ga qarashli
14-umumta`lim maktab
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Qurbonova Oysara Davronovnaning
mavzusidagi tadbir senariysi:
 
O`qituvchi:
Salom,mening aziz dugonalarim,
Azizim,lobarim,sevarim,qizlar.
Ey,toza qalbimning oshnolari,
Kuylarim ilhomi,chevarim qizlar
Qahramon yigitlar kechirsin meni,
Bugun ham qo`shig`im sizlarga doir.
Sizni hur va ozod,sizni kuylamoq,
Menga saodatdir,men baxtli shoir.
Assalomu aleykum,aziz o`quvchilar,qadribaland qadrdonlar! Azal-azaldan ayolini ardoqlagan xalq buyuk xalq bo`lgan.Ayolini e`zozlagan yurtning bolalari sog`lom,kelajagi porloq bo`lgan.Buyuk hind yozuvchisi Tagor:“Quyoshning Sharqdan chiqishi bejizga emas,chunki ilm-fan va madaniyatga oid ixtirolarning deyarli barchasi ilk bor Sharqda vujudga kelgan”,-deb aytgan edi.Biz mana shunday buyuk xalqning vorislarimiz.Yurti uchun jonini ayamagan To`marislar,or-nomus yo`lida hech bir erkakdan qolishmagan Barchinoylar,qalami o`tkir Nodira-yu,Uvaysiylar avlodimiz.Bugun bu muazzam go`shaga yig`ilishimizga sabab yana bir buyuk ayol,xassos shoira,misralari jahon mihbarlarida yangragan,”Tong kuychisi”Zulfiyaxonimning  tavallud kunidir. _ -sinf o`quvchilari shu munosabat bilan»Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari”mavzusida tadbir tayyorlaganlar.Marhamat,tinglab tomosha qiling.
To`maris:  (Jangchi ayol kiyimida)
-Men To`marisman.
Xaloyiq! Yovga bergan zarbingiz,
Hurmatga loyiq.
Do`stga bo`lgan mehr-cha yovga qahringiz
Endi bugun ozoddir qishloq,shahringiz.
Uvaysiy: (milliy kiyimda)
-Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo`lsa oshno Uvaysiyman
Istadim bu olamdin,topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumib ko`zni muddao Uvaysiyman
Nodira: (milliy kiyimda)
-Doda keldim,ey salotin sarvari dodim eshit,
Sen shah-u men benavo,lutf ayla,faryodim eshit.
Nodira bodi sabodin sanga irsol etgali
Qildi insho bu g`azalni,tab`I noshodim eshit
Barchinoy:  (milliy kiyimda):
-Men Barchinoyman,Qo`ng`irot elim
Og`am Alpomish, alplarning begi
O`ziga bek,qadrdon o`zbek urugim
Men o`zbek qiziman,Barchin begoyim.(o`z ijodimdan)
Zulfiya:
-E`zozlar,ardoqlar uchun tashakkur,
Asli siz,oftobim,men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin,dorilomon,hur,
Baxtim shul,o`zbekning Zulfiyasiman.
1-o`quvchi
She`r:
Oppoq tong to`lg`anib,tug`ilmasdan kun,
Eng yorug` yulduzlar iqboli gulgun
Aytmish shivirlashib barin ushbu TUN:
Bugun sahar chog`I shodlikka to`lsin,
Vaqt yetib temirchi uyida bugun
Qiz tug`ilib,oti Zulfiya bo`lsin
2-o`quvchi
Ozod,xushqiliqli qiz bo`lsin o`zi,
Gard-g`ubor ko`rmasin oy kabi yuzi,
Ko`p yo`llarga tushsin muborak izi,
Tong yulduzi misol olamga kulsin,
Ming tumandan qaytsin har og`iz so`zi,
Ozod qizning oti Zulfiya bo`lsin.
1-o`quvchi
Aytmish ko`zlarida yulduz kulsin deb,
Ko`ngilda go`zallik gullab tursin deb
Kurashsin,qiynalsin,barin yengsin deb
Har qizi bulbulday xonish qilsin,
Yetti iqlim unga quloq bersin deb
Ismi kim deganda Zulfiya bo`lsin
2-o`quvchi
Bir qalam tortganda g`unchalasin gul,
Ikki bor tortganda mavjga kelsin dil
Uchinchi bor nola cheksin-u bulbul,
Ishqi chirog`iga parvona bo`lsin,
Qo`shiqlar uyg`otib bahorda ma`qul.
Hammaning tilida Zulfiya bo`lsin
Sahnaga o`quvchilar chiqib,Zulfiyaning hayot yo`li haqida gapirib beradilar:
1-o`quvchi.
-Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentda Isroil temirchi xonadonida tavallud topadi
(Shu payt chaqaloq ko`targan  ayol davraga chiqib keladi va chaqaloqning yig`I sadolari eshitiladi)
2-o`quvchi
-U1922-1931-yillar mobaynida o`rta maktabda o`qiydi.
(Davraga orqasida o`quv sumkasini osib olagan,o`quvchi kiyimidagi qizaloq chiqib keladi)
1-o`quvchi
-1931-1934-yillar mobaynida qizlar bilim yurtida ,1935-1938-yilarda aspiranturada o`qiydi.
(Davraga sochini orqaga turmaklagan,kalta milliy libosdagi talaba qiz chiqib keladi)
2-o`quvchi
-Shundan so`ng shoira Hamid Olimjon bilan turmush quradi.Lekin umrining eng gullagan chog`ida turmush o`rtog`I Hamid Olimjondan ayriladi.Shoir avtohalokat tufayli vafot etadi.Zulfiya Isroilovaning deyarli barcha she`rlarida sadoqat,sog`inch,sevgi tuyg`ulari ustuvor mavzu sifatida yaqqol ko`rinib turadi.
Vals “Eng gullagan yoshlik chog`imda”
She`r.”Men o`tgan umrga”
Qo`shiq.”Do`ppi tikdim”
She`r.Nevaramga.
Qo`shiq”O`zbekiston”
She`r”Xalqimga aytar so`zlarim”
Qo`shiq va raqs.”Bu turfa gullar
Hamid Olimjon  bilan Zulfiya davraga chiqib keladi:
 Zulfiya:
Baxtim-bog`im,sen xushovoz bulbul,
Men ko`zyoshiga yuzin yuvgan gul.
Senga intiq toldi ko`zlarim
Hulkarim,Omonim,jo`rovozlarim
Intizor sog`inchga to`la hayotim,
Kuyladi,kuylayverdi seni bayotim
O`sha” baxt kuychisin” eslatdi bugun,
Yana fasli bahor bog`dagi yodim.
Hamid Olimjon:
Mana bog`lar yana burkanib gulga,
Senga tutayotir gul to`la savat.
Jannat bog`larida birgamiz endi,
Muntazir ikkimizga qavatma-qavat
Birga qo`l tutib:
Yana fasli bahor ko`klam bu chaman
Bizni xotirlaydi kelajak avlod:
-O`sha sog`inchlardan za`faron  bir gul,
-O`sha baxtni kuylagan xushovoz bulbul
Birga chiqib ketishadi.
Zulfiyaxonim qizlarining kiyimi ya`ni milliy kiyimdagi qizlar chiqib quyidagi misralarni aytadilar:
Yuragim o`rtaydi bir o`tli niyat
Xalqqa kerak bo`lib yashagim kelar
Yozib she`r,xalqimga qilib ko`p xizmat
Zulfiyaxonimga o`xshagim kelar
 
Tadbir bayonnomasi
O`tkazilgan tadbir:Zulfiya tavallud kuniga bag`ishlab,”Zulfiyaxonim qizlari-umidimiz yulduzlari”mavzusidagi tadbir
Tadbir shakli :Adabiy kecha
O`tkazilgan vaqti va joyi:_____________ Maktab hovlisida
Qatnashganlar:  Maktabning barcha o`quvchilari  va  o`qituvchilari
Tadbir  mazmuni
-yilda 14-umumta`lim maktabining        -sinf o`quvchilari ishtirokida
O`zbekiston xalq shoirasi,xassos shoira,”Tong kuychisi”Zulfiya tavallud kuni munosabati bilan adabiy musiqali kecha o`tkazildi.
Adabiy kecha  maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi  Qurbonova O.D ning nutqi va o`tmish tariximizning shonli sahifalarida qolgan qahramon ayollar:To`maris,Barchinoy,Nodira,Uvaysiy hamda Zulfiya siymolarining chiqishlari bilan boshlandi. O`quvchilar Zulfiyaning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ma`lumotlarni  aytdilar.Shoiraning tavallud kuni arafasida o`tkazilgan tadbirda Zulfiya qalamiga mansub she`rlar yod aytildi.Bahor bilan egizak shoiraning sevgi va sadoqatga  haykal qurilgudek  hayoti tarannum etilgan kuy va  qo`shiqlar tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo`ldi.Tadbir Zulfiyaxonim va Hamid Olimjonlarning dialoglari bilan xulosalandi.
Adabiy ________________________________________________________
________________________________________________________________
kabi o`quvchilar faol ishtirok etdilar
Davom etgan vaqti:  45 daqiqa
Tadbir o`tkazilgan sana:  ___________-yil
Mas`ul shaxs  :
Ma`naviy-ma`rifiy ishlari
bo`yicha direktor muovini:

Оставьте комментарий