?Tashqi akkumlyator — Power Bank tanlash haqida

DO`STLARGA ULASHING:

?Tashqi akkumlyator — Power Bank tanlash haqida
Hozirgi kunda Power Bank ancha talabgor tovar bo’lib qoldi, chunki smartfonlar akkumlyatori foydalanuvchilar talab qiladigan darajada katta quvvatga ega emas.
Demak, ehtiyoj katta bo’lgan tashqi akkumlyatorni qanday tanlash bo’yicha maslahat:
?Hajm (mAh)
Hajm bu har bir akkumlyatorning asosiy parametrlaridan biri. Nimani quvvatlash uchun kerak? degan savolga javob bering, so’ng quvvatini belgilaysiz:
? Bluetooth naushnik, smart soatlar, fitnes garnitura uchun: 5000 mAh.
? Smartfon uchun: 8000 mAh’dan kam emas.
? Planshet, notebook uchun: 16000 mAh’dan kam emas.
?Tok kuchi (A)
Bu parameter to’g’ridan-to’g’ri quvvat berish va olish tezligini belgilaydi, qancha katta bo’lsa shuncha tez zaryad oladi yoki beradi. Tanlov input/output uchun 2 amper(2A)dan kam bo’lmasin, chunki Power Bank’ga birdaniga 2 ta qurilma ulansa tok kuchi bo’linib ketadi va zaryad berish tezligi kamayadi. Quick charge uchun 3 A.
? Port
Sizdagi qurilma qanday portlar qabul qiladi? shunga qarab tanlaysiz, kelajakda nima bo’lishini bilmaysiz, shuning uchun har xil portli tashqi akkumlyator oling.
?Input uchun: microUSB, Type-C, Lightning
?Output uchun: bir necha USB port
?Akkumlyator turi
Boshingizni og’ritish niyatm yo’q: tanlov yoki litiy-polimerli yoki litiy-ionli akkumlyator.
?Indikator yoki displey
Bu sizning tanlovingiz lekin zaryadni ko’rsatadigan biror nima bo’lsin albatta. Displeyli PowerBank indekatorliga Power bankga qaraganda sal qimmatroq. Displeyli PowerBank zaryadni aniqroq ko’rsatadi.
?Tashqi ko’rinish
Tashqi ko’rinish ham o’zingizning tanlovingiz, men uchun ideal holat smartfon bilan bir hildagi PowerBank. Korpus iloji bo’lsa metaldan qilingan bo’lsin.
?Qo’shimcha funksiyalar
Power Bank ishlab chiqaruvchilar har bir qo’shimcha funksiya uchun narhini oshirishadi, qanday qo’shimcha funksiyalari bor?
?quyoshdan zaryad olish;
?simsiz zaryad qilish;
?suvga chidamlilik
?fonar o’rnatilgan bo’lishi mumkin;
?yerga tushganda chidamlilik;
☝️Yana bir muhim narsa, agar sizning smartfoningiz akkumlyatori 3000 mAh bo’lsa, Power Bank hajmi 6000 mAh bo’lsa, bu degani siz 2 martta smartfoningizni to’liq zaryad qilaolasiz degani emas.

Оставьте комментарий