12-noyabr “Chittaklar kuni”

DO`STLARGA ULASHING:

12-noyabr «Chittaklar kuni”
«Chittaklar kuni” ekologik bayram. Bir necha yillar oldin paydo bo’lgan «Chittaklar kuni” nomli ekologik bayram 12-noyabrda nishonlanadi. Rossiyaning qushlarni himoya qilish ittifoqi vakillari bu bayramni nishonlash haqidagi tashabbus bilan chiqishdi va 12-noyabr aniq sana qilinib tayinlandi. Bunday qarasang, ko’rimsizgina bir qushcha-lekin unga qarasang bahri diling ochiladi. Qish faslida hammayoq sovuq, shamol va izg’irin bo’lganda-bu qushcha xuddi yaqin kunlarda menga o’xshagan, faslning eng chiroylisi bahor keladi deyotganday. Qadimgi rivoyatlarga qaraganda, slavyanlarda aynan shu 12-noyabrda uzoqlardan chumchuqlar va o’rmon qushlari uchib kelar ekan. Bular orasida sariq ko’krakli chittaklar ham uchrar ekan. Qushlarni bu harakatini oson tushuntirish mumkin: qanotlilar bilishadiki, odamlar qishning sovuq kunlarida ularga rahmlari keladi va ularni boqishadi. Achinmasalar, shafqat qilmasalar ham uylarning atroflarida qushlar uchun emish topiladi. «Chittaklar kuni»da oldinlari albatta qushlar uchun uyalar yasalardi. Hozirgi kunda bu ish bilan shug’ullanadiganlar kamdan-kam uchraydi, aslida esa bu ish juda ham oson. Yasagan odamga bu juda yoqimli, qushlarga esa issiq uy. Chittaklar-chumchuqsimonlar oilasi, 65 turni birlashtirgan 10 urug’i bor. Tanasining uzunligi 10-20 sm, og’irligi 7-25 gr. Konussimon tumshug’i qisqa, burun teshiklari atrofi qilsimon par bilan o’ralgan. Oyoqlari baquvvat, tirnog’i ichiga qayrilgan. Chittak daraxt kovaklari va shox shabbalariga uya quradi. Yilda bir marta 3-16 ta tuxum tuxum qo’yadi. Chittak faqat hasharotlar bilan oziqlanadi, o’rmon park, bog’ zararkunandalarini qirib foyda keltiradi.
12-noyabr Butun dunyo pnevmaniyaga qarshi kurash kuni
Pnevmaniya-o’pkadagi infeksion kasallik bo’lib, asosan, ko’proq bolalar, qariyalar va immun tizimi kuchsizlangan odamlarda uchraydi. 12-noyabr Butun dunyo pnevmaniyaga qarshi kurash kuni. Bolalar pnevmaniyasiga qarshi Globalь koalisiyaning tashabbusiga ko’ra. Tashkil etilgan. Koalisiya davlat organlarini, sog’liqni saqlash xodimlarini, donorlarni pnevmaniya muamosiga ko’proq e’tibor qaratishlari xarakat qiladi. Bu maqsadga etishishning usullaridan biri butun Dunyo pnevmaniyaga qarshi kurash kuni hisoblanadi. Bu kuni sog’liqni saqlash tashkilotlari profilaktika tadbirlarini tashkil qilishadi, odamlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi. B undan tashqari, ko’pchilik volontenrlar odamlarga pnevmaniya, uning oqibatlari xaqida so’zlab berishadi, ma’lumot kiritilgan varaqa va buketlar tarqatishadi. 2009-yil Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti YuNISEF bilan birgalikda «Pnevmaniyani oldini olish va unga qarshi kurashning global plan”ni e’lon qildi. Bu plandan maqsad, bolalarni pnevmaniyadan himoyalash, oldini olish va kassalikni davolashda birgalikdagi tadbirlarni tashkil qilish shu yordamida pnevmaniyaga qarshi kurashishni kuchaytirishdan iborat. Voyaga etmaganlar orasida o’limning ko’payishiga sabab bo’ladigan kassaliklardan biri-pnevmaniyadir. Bu kassalik tufayli har yili (1.4 million) 5 yoshga to’lmagan bolalar xayotdan ko’z yumishadi. Pnevmaniya hamma joyda uchraydi, lekin Janubiy Osiyo va Afrikada bolalar ko’proq jabr ko’rishadi. Qolaversa, bu kassalikni oddiy usullar, ya’ni yaxshi ovqatlanish va immunitetni ko’tarish bilan oldini olish mumkin. Shuning uchun dunyoni davriy suratda pnevmaniya to’g’risida ogoxlantirib turish harakatda bo’lishshga e’tibor berish lozim. Ko’ngililar Butun dunyo pnevmaniyaga qarshi kurash kunida aynan shu bilan shug’illanishadi. Hayrixoxlik bilan hech bo’lmaganda ko’k djinsi kiyishadi. Bu kiyim butun dunyo pnevmoniyaga qarshi kurash kuninig ramzi hisoblanadi.

12-noyabr O’zbekiston Ipakchilik inistitutiga asos solingan kun
O’zbekiston Ipakchilik instituti, O’zbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (Ipakchi ko’chasi, 1)-pillachilik va ipakchilik muammolarini o’rganadigan ilmiy tekshirish muassasasi. 1927-yil 12-noyabrda O’rta Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik instituti nomi bilan tashkil qilingan. 1931-91-yillarda O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy–tekshirish instituti. 1991-yildan hozirgi nomda. 2007-yildan O’zbekiston qishloq-xo’jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. Institutda ipak qurti seleksiyasi, naslchiligi, ipak qurti kasalliklariga  qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va standartlash kabi bo’lim va labaratoriyalari mavjud. Institut olimlari tmonidan ipak qurtining 60dan ortiq zot va duragaylari yaratilgan. Institutda tut ipak qurtining xavfli kasalligiga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi. Ipak qurtining jahon genofondi yaratildi. Institutda ipak qurti zotlarining 100dan ortiq, tut navlarining 200dan ortiq kolleksiyalari bor.

19 комментариев к “12-noyabr “Chittaklar kuni””

  1. Уведомление: DevOps Best Practices 2022

  2. Уведомление: cloud and digital transformation

  3. Уведомление: dumps with pin shop

  4. Уведомление: cum4u.net

  5. Уведомление: dumps cc sites

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: sportsbet

  8. Уведомление: sbo

  9. Уведомление: flooring services

  10. Уведомление: buy mushrooms online for sale morel

  11. Уведомление: mushroom chocolate bars for sale​

  12. Уведомление: custom cornhole bags

  13. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินเปล่า

  14. Уведомление: БИНАНС В РОССИИ

  15. Уведомление: magic truffles psychedelic mushrooms chocolate

  16. Уведомление: Danabol Kaufen

  17. Уведомление: Test automation tools

  18. Уведомление: 웹툰 다시보기

  19. Уведомление: write paper for me

Комментарии закрыты.