14-Fevral Z.M.Bobur «Shoh va shoir» nomli ssenariy

DO`STLARGA ULASHING:

Zahiriddin Muhammad Bobur ( 1483-1530) tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlanadi.)
Har bir inson o‘zligini anglashga , ajdodlari haqida ko‘proq bilishga,ular hayotini o‘rganishga intiladi. Bu
borada esa tarixiy asarlar beqiyos ahamiyatga ega.
Xusan,Zahriddin Muxammad Bobur asarlaridagi o‘tmishimizdan hikoya qiluvchi voqea va xodisalar biz uchun xamisha qimmatlidir.
Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Ko‘plab buyuk babokalonlarimiz asarlari singari Bobur ijodida ham yoshlarimiz uchun iboratomuz jihatlar ko‘p. Uning Vatanni sevish, ota- onaga hurmat, do‘stga sadoqat kursatish xususidagi fikirlari kishiga yuksak ma’naviy saboq beradi.
O‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri,o‘zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan iste’dodli olim va o‘ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muxammad Bobur murakkab ijtimoiy-tarixiy davrda yashab ijod qilgan.
Boburiylar- 1526-1858 yillarda Hindistonda hukmron-lik qilgan sulola Unga temuriylardan Zahiriddin Muxammad Bobur asos solgan. Chet ellarda Bobur va uning avlodini “Buyuk mo‘gullar” deb atash odat bo‘lib kelgan.
Boburiylar aslida yurtdoshimiz-temuriy Zahriddin Muxammad Boburning avlodlaridir. Ular tarixiy hujjatlarda o‘zlarini Boburiy mirzolar deb yurishgan.
O‘zbekistonning mustaqilligi sharofati bilan, o‘zbek halqining buyuk allomalari qatorida Zahiriddin Muhammad Bobur munosib mumtoz faoliyati hamda,buyuk mo‘g‘illar saltanatining arbobi sifatida qilgan samarali ishlari xalqimiz tomonidan zo‘r hurmat va ehtirom bilan esga olinmoqda va o‘rganilmoqda.
Zahiriddin Muxammad Boburning xayoti va ijodi.
Zahiriddin Muxammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug‘ildi. Uning otasi Umar shayx Mirzo-Amir Temurning pan nabirasi Farg‘ona viloyatining xokimi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo‘lgan.
Boburning bolaligi asosan Andijon va uning atroflarida o‘tdi. Bobur saroy muhitida o‘qidi va tarbiya topdi. Yoshligidan ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshladi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur”(Sher)laqabini olgan. Otasi vafotidan keyin 1494 yil iyun oyida, o‘n ikki yoshda taxtga o‘tirdi. Boburning siyosiy faoliyatidagi dastlabki maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti strategik va geografik jihatidan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Temur imperiyasini qayta tiklash edi. 1495-1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaaffaqiyatsiz yurish qildi. 1497-1498 yillarda u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va Samarqandni egallaydi. Samarqand hokimi Boysung‘ur Mirzo esa Qunduzga qochadi.
Bobur Samarqandni yuz kun idora qiladi. Andijonda unga qarshi isyon ko‘targani uchun Samarqandni tashlab Andijonga qaytadi, lekin uni egallay olmagach, Xo‘jandga, so‘ng Toshkent hokimi Sulton Mahmud oldiga borib, ular yordami bilan Andijonni oladi. 1500 yilda Samarqandni ikkinchi marta egallaydi. Shu yili Alisher Navoiy bilan xat yozisha boshlaydi. Lekin ikkinchi xatiga javob kelguncha Samarqand shayboniylar qo‘liga o‘tib ketadi. Bu davrda mamlakat siyosiy hayotida beboshlik, o‘zaro urushlar kuchayib bormoqda edi. Bir tomondan, shimoldan, Dashti qipchoqdan kelayotgan shayboniyxon qo‘shinlarining tazyiqi ostida, ikkinchi tomondan, temuriylar orasidagi ixtilof, o‘zaro kelishmovchilik natijasida Bobur Farg‘onani ham tashlab chiqishga va janubga qarab yo‘l olishga majbur bo‘ladi.
Hisordagi parchalanib borayotgan beklar, alohida-alohida yashayotgan afg‘on qabilalari birin-ketin Bobur tomoniga o‘tdilar.1504 yilda esa Qobul viloyatining hokimi shaharni Boburga topshirib taslim bo‘ldi. Lekin Bobur o‘z vatanidan tamom umidini uzmadi. 1506 yilda Xuroson podshosi Husayin Bayqaro temuriylarga mansub bo‘lgan kuchlarni birlashtirib, bosib kelayotgan Shayboniyxonga qaqshatqich zarba berishda tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsada, lekin Husayin Bayqaroning vafoti (1506) va shahzodalar o‘rtasida avj olgan ixtilof bu harakatni natijasiz qoldirdi.Bu katta tadbirga umid bog‘lagan Bobur muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin vaqtincha chekinishga va Qobulga qaytishga majbur bo‘ldi.
O‘z hujumlarini davom ettirgan Shayboniyxon O‘rta Osiyoni bosib olish uchun janubdan harbiy yurish boshlagan Eronlik shoh Ismoil qo‘shinlariga qarshi kurashda Marv shahrida xalok bo‘ldi. Qulay siyosiy va harbiy vaziyatdan foydalanib Bobur 1512 yilda Samarqandni uchinchi marta ishg‘ol qildi. Oradan olti oylar chamasi vaqt o‘tgandan so‘ng, Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon katta kuch to‘plab, Samarqandga, Bobur ustiga yurish boshladi.Ubaydullaxon qo‘shinlari bilan Bobur askarlari o‘rtasida Samarqand uchun bo‘lgan jangda Bobur mag‘lubiyatga uchrab, shaharni bo‘shatishga majbur bo‘ladi.
1525 yilda Bobur Shimoliy Hindiston hukmronligini o‘z qo‘liga kiritishga muvaffaq bo‘ladi va shu paytdan boshlab Hindiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoladi. U yerda Bobur o‘z atrofiga o‘sha davrning eng yaxshi shoir va olimlarini yig‘ib, qurilish ishlarini olib boradi, o‘zining sevimli ishi bo‘lgan adabiyot bilan shug‘ullanadi
Boburning ma’rifatparvarligi ham diqqatga sazovor. U doim olim va fozillar, san’atkor kishilar bilan birga bo‘lishga, ular bilan maslahat qilishga, o‘z bilimini tinmay oshirishga intildi. Uning to‘rt o‘g‘li (Humoyun, Kamron, Askariy, Hindol) va uch qizi (Gulchehra, Gulrang, Gulbadan) bo‘lib,ularga ham o‘zining shu hususiyatlarini singdirishga harakat qilgan. Bobur davlatni boshqarishda ham ana shu tarzda maslahat, kengash bilan ish tutish lozimligini uqtirdi. Farzandlaridan Xumoyun, Kamron va Gulbadanbegim shoir va adib bo‘lib yetishdilar. Bobur uchun Vatandan uzoqda, g‘urbatda yashash nihoyatda og‘ir edi. Buning ustiga uzoq vaqt sarson-sargardonlikni boshidan kechirish, dushmanlariga qarshi uzluksiz kurash olib borish uning sog‘lig‘iga ta’sir qilgan edi. “Boburnoma”da o‘zining og‘ir ahvoli, sog‘lig‘i yomonlashib borayotganligi haqida quyidagi ruboiyni yozadi.
Jismimga isitma kuda mahkam bo‘ladur.
Ko‘zdin o‘chadur uyqu chu axshom bo‘ladur.
Har ikkalasmig‘anmi bila satrimdek,
Borg‘on sayin bu ortadur,ulkum bo‘ladur.

Bobur Hindistonda besh yil hukm surgandan so‘ng 1530 yilda Agrada o‘zi obod qilgan “Zarafshon” chorbog‘ida vafot etadi. Keyinroq boburiylardan Shohjahon (Boburning chevarasi) hukmronligi davrida uning xoki Qobulda yasalgan maqbaraga ko‘chirildi.
Bobur Mirzo o‘zi podsho bo‘lgani uchun hech kimga tobe emas edi, ijod jarayonida o‘zini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi. O‘sha davrning ko‘pgina saroy shoirlarida bo‘lmagan ijod erkinligi Bobur Mirzoda bor edi.
Ingliz sharqshunosi Denison Rose Turkiston, Afg‘onistonda yozilgan she’rlarini Parij milliy kutubxonasidan, Hindistonda yozilgan she’rlarini esa Rampur kutubxonasidan topib, 1910 yilda bosma va fotonusxa holida nashr ettirgan.
Bobur she’rlari hijron azobida kuygan dil ko‘zlaridan oqqan yosh bilan yozilgan.
Ularda ona yurt sog‘inchida ado bo‘lgan farzandning, yor firoqida azob chekkan oshiqning, o‘z xatolarini anglab yetgan komil insonning, bobolari toj-davlatini saqlab qololmagan hoqonning alamlari ifodalangan.

Xijron qafasida jon qushi dom qiladur,
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoqu g‘urbat sharhin,
Ko‘z yoshi namaning yuzin nam qiladur.
Bobur o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shdi.
O‘zbek tili tarixini o‘rganishda “Boburnoma” bebaho xazinadir. “Boburnoma” 15-16 asrning muhim voqealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.
“Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asarlardan bo‘lib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan.
“Boburnoma” jaxon adabiyotining nodir, durdona asarlaridan hisoblanadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlab maktablarda, ARMlarda ochiq dars, adabiy kecha, davra suhbatlari, kitob ko‘rgazmasi tashkil qilish mumkin.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilinadigan kitob ko‘rgazmasi uchun taxminiy mavzular.
1. Zahiriddin Muhammad Bobur merosi.
2. Ulug‘ adib va alloma.
3. Uyg‘onish davrining ulug‘ siymosi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligiga tashkil qilinadigan kitob ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Zahiriddin Muxammad Bobur haqida yozilgan adabiyotlar, ro‘znoma va oynomalarda chop etilgan maqolalardan foydalanish mumkin.
Kitob ko‘rgazmasida ma’naviy, ahloqiy qadriyatlarni tiklashga bag‘ishlangan Prezidentimiz so‘zlaridan sitata sifatida foydalanishni tavsiya etamiz
“Tarixga murojaat qilar ekanmiz,bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi.”
I.A.Karimov.
“Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo‘lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Navoiy va boshqa ko‘pgina allomalarning ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og‘ir bo‘lgan siymolardir.”
I.A.Karimov.
“Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o‘z Vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi.”
I.A.Karimov.
“ … Navoiy, Ulug‘bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari.. Ularning merosi O‘zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa va avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz”.
I.A.Karimov.
“Shoh va shoir” mavzusidagi adabiy kecha ssenariysi.
Kecha o‘tkaziladigan zal bayramona ruhda bezatilgan. To‘rda Zaxiriddin Muxammad Bobur portreti , shuningdek, uning she’rlaridan, rivoyatlaridan parchalar yozilgan plakatlar osilgan.

Saxnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.
1- Boshlovchi:
Jonimdin o‘zga yori vofodor topmadim ,
Kunglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o‘zga jonni dilofgor kurmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
2- Boshlovchi:
Ko‘ngli tilagan murodiga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki ish muyassar bulmasa olamda,
Boshini olib bir sariga ketsa kishi.

1- Boshlovchi:
Assalomu alaykum, xurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar. Bugun biz shox va shoir, davlat arbobi xamda buyuk sarkarda Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludiga 530 yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.
2- Boshlovchi
Zaxiriddin Muxammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shaxzodalarga xos munosib ta’lim – tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.
1- Boshlovchi
Bobur toj – taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Xindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Xindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta xissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shaxrida olamdan o‘tdi.
2- Boshlovchi
U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al –zakot”(Zakot bayoni),”Xatti Boburi”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she’riy asarlar yaratdi.
1- Boshlovchi
Hozir o‘quvchilarimiz tomonidan yod olingan Bobur ruboiylaridan tinglaymiz. (Sahnaga 5ta o‘quvchi zarcho‘pon, do‘ppilarda chiqadilar.)
1- o‘quvchi
Davron meni o‘tkardi saru samondin,
Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.
Gax boshima toj, gax baloyi ta’na,
Nelarki boshimga kelmadi davrondin.
2- o‘quvchi
Xar ishda shitob qilmagaysan,
Bu demak murodga yetmagaysan.
3- o‘quvchi
Birovnikim birovdin ko‘ngil qolur,
Kishi yuz so‘z birla ko‘nglin olur.
4-o‘quvchi
Yod etmas emish kishi
mehnatda kishi,
Shod etmas emish kishini
g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ta shod
o‘tmadi xech,
G‘urbatda sevinmas emish albatta
kishi.
5- o‘quvchi
Necha nafing‘a bo‘lursan tobe,
Necha umringni qilursan zoye.
Boshlovchi:
Endi tadbirimizga tashrif buyurgan tarixchi olimimizga so‘z beramiz.
Boshlovchi: Rahmat.
Hozir, Uspenskiy nomli maxsus musiqa Akademik litsey maktab internati o‘quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan qo‘shiq ijro etiladi.
1- Boshlovchi:
Bobur Hindistonda shox bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.
2- Boshlovchi:
U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini xis etamiz.
(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik saxna ko‘rinishi namoyish etiladi.)
Mayin musiqa yangraydi.
Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suxbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning xuzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.
Bobur:-Ruxsat, xuzurimga olib kelingiz.(Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum,xazratim. (Ta’zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning xuzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne’matdan totib ko‘ring, xazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq xidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin xolda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoliyu , musaffo xavosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mexrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan –mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.

Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind zori yuzlandim,
Yo,rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
1- Boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
2 – Boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butin inson bo‘lgan, ana shu e’tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.

Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.

1– Boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.
Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.
Unda kishi umrini mazmunli, barakali,o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:

Bormu erkin hech nima
olamda hijrondin yamon.
Har nekim ondin yamonroqdur,
budur ondin yamon .

Оставьте комментарий