DO`STLARGA ULASHING:
Bugun 18-iyul — “Intel” kompaniyasi tashkil etilgan kun
“Intel” — elektron qurilmalar va kompyuter qismlari, yarimutkazgichlar, mikroprosessorlar va boshqa qurilmalar ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasidir.
Robert Noys va Gordon E. Mur “Fairchild Semiconductor” kompaniyasidan ketishgach 1968-yil 18-iyulda ushbu kompaniyani tashkil etishgan.
Ularga keyinchalik Andrew Grove kelib qoʻshiladi. Koʻp vaqt oʻylanishlardan soʻng kompaniya asoschilari kompaniyani “Intel” deb nomlashdi (Integrated electronics).
1971-yil ilk bor Mikroprossesor chiqarilgan, 1980-yilning boshlarida esa kompaniya dunyoda mikropressesor ishlab chiqarish bo’yicha asosiy kompaniyaga aylandi.
1990-yilda kompaniya shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompaniyalardan biriga aylandi.
Pentium va Celeron seriyali prosessorlar hozirgi paytgacha ham eng koʻp tarqalganlardan hisoblanadi.