19-noyabr Geografik ma’lumotlar sistemasi kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Bir qator yirik amerika kompaniyalari va tashkilotlarining tashabbusiga ko’ra (Milliy geografik jamoatchiligi, USGS, Sun Microsystems, Hewlett-Packard, ESRI) har yili Geografik ma’lumotlar sistemasi kunini nishonlashga qaror qilindi. Bayram haftaning o’rtasida chorshanba kuni nishonlanadi. Bayram kuni turli tadbirlar-ko’rgazmalar, seminarlar, ochiq eshiklar kuni o’tkaziladi. Tadbirlarni kelib ko’rayotgan studentlar, maktab o’quvchilari, har qaysi istagan odamlar geografik ma’lumotlar doirasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar bilan tanishishlari mumkin. GMS kuni borgan sari mashhur bo’lib bormoqda va Аmerika chegaralaridan o’tib boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. 65 mamlakatdan 700 ta tashkilot GMS kuniga bag’ishlangan tadbirlarda qatnashadilar. Rossiya tashkilotlari bu aksiyada aktiv ishtirok etmaydilar, lekin oxirgi yillarda kartografiya va geodeziya sohasida ko’rinarli muvaffaqiyatlarga erishildi. Rossiyada milliy bayram-geodeziya va kartografiya ishchilari kuni tashkil qilingan va bu bayram har yili mart oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi.

19-noyabr Puerto-Riko X.Kolumb tomonidan kashf etilgan kun
Rasmiy nomi – Puerto-Riko hamdo’stligi. Ma’muriy markazi – San -Xuan. Hududi — 9100 km.kv. Davlat tili — ispan, ingliz. Sig’inuvchilarning asosiy qismi xristian dinining katolik (85%) va protestant (10%) mazhablariga hamda vuduga e’tiqod qiladi. Pul birligi — AQSh dollari.
Mamlakat Puarto — Riko, Vyekas, Kulebra, Mona va boshqa Katta Antil orollari arxipelagida, Shimoliy va janubiy Amerika o’rtasida joylashgan. Shimolda Atlantika okeani, janubda Karib dengizi bilan tutashgan. Orollar tog’li hududlardan iborat, zilzila bo’lib turadi. Iqlimi-tropik, passatli. Orol shimolida aralash o’rmonlar, janubda changalzorlar mavjud. Hayvonot olami ko’rshapalak, sudralib yuruvchilar, mollyuskalardangina iborat.
Davlat tuzilishi — AQShga «erkin qo’shilgan” davlat. Ma’muriy jihatdan 78 munitsipal okrugga bo’linadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat AQSh kongressiga tegishli. Puertorikoliklar rasman AQSh fuqarolari hisoblanadilar. Siyosiy partiyalari: Yangi taraqqiyparvar partiya, Kommunistik partiya, Puerto-Riko mustaqilligi partiyasi.
Iqtisodi asosini qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Yengil, oziq — ovqat, neftni qayta ishlash korxonalari mavjud. Mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, turizm rivojlangan.
1493-yilning 19-noyabrida X.Kolumb tomonidan kashf etilgan va Ispaniya mulki deb e’lon qilingan. 1508-yili Kolumb tomonidan orol gubernatori deb e’lon qilingan Xuan Pons de leyn birinchi shaharga asos soladi. 1898-yilgi Ispaniya — AQSh urushi natijasida Puerto — Riko Qo’shma Shtatlar mulkiga aylandi. 1917-yili orol aholisi AQSh fuqaroligiga ega bo’ldi. 1952-yildan Puerto-Riko o’z–o’zini boshqarish huquqiga ega «erkin qo’shilgan” davlat.

19-noyabr Shisha ishlab chiqarish xodimlari kuni
19-noyabr shisha ishlab chiqarish xodimlarining milliy bayrami Rossiyada 2000-yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Bu kun ulug’ rus olimi M.V.Lomonosov tug’ilgan kuniga to’g’ri keladi. M.V.Lomonosov-glazur, shisha, farforni kimiyoviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan olim. Mozaik rasmlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan rangli shisha-smaltni olish texnologiyasi va retseptini, farfor tarkibini ishlab chiqdi. Inson hayoti va faoliyatida shishaning o’rni beqiyosdir, hozirgi vaqtda shishasiz hech bir sohani tasavvur qilib bo’lmaydi. Egipet shaharlarini qazib olish vaqtida qadimiy shishadan yasalgan mahsulot namunalari topilgan.

19-noyabr Monako Milliy bayrami Millat kuni Batafsil

12 комментариев к “19-noyabr Geografik ma’lumotlar sistemasi kuni”

  1. Уведомление: Nay Câmera Prive

  2. Уведомление: DevOps consulting company

  3. Уведомление: buy mushrooms online

  4. Уведомление: 이천자연눈썹

  5. Уведомление: Buy B+ magic mushrooms for sale online Colombia,

  6. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  7. Уведомление: สินเชื่อที่ดิน

  8. Уведомление: เงินด่วน ได้จริง

  9. Уведомление: valid cvv shop

  10. Уведомление: tu peux vérifier

  11. Уведомление: view website

  12. Уведомление: Online medicatie kopen zonder recept bij het beste Benu apotheek alternatief in Amsterdam Rotterdam Utrecht Den Haag Eindhoven Groningen Tilburg Almere Breda Nijmegen Noord-Holland Zuid-Holland Noord-Brabant Limburg Zeeland Online medicatie kopen zonder r

Комментарии закрыты.