30-oktyabr sharikli ruchka ixtiro qilingan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bu kun kichik o’quv quroliga oid katta kashfiyot – sharikli ruchkaning ilk namunasiga patent olingan sana sifatida tarixga bitilgan.
Mazkur kashfiyot sohibi rasman Jon Luad (AQSh) hisoblanadi. U o’z ixtirosini 1888-yil oktabr oyida taqdim etgan bo’lsada, tahminan hozirgi ko’rinishdagi ruchkalar o’tgan asrning 30-yillari oxiridagina keng tarqala boshlagan.
Hozirda barchamizning qo’limizu ko’zimiz o’rgangan ruchka uchun vengriyalik jurnalist Jozef Laso Biro patent olgan. Doimo yonida siyoh olib yurish majburiyati va perodan qoladigan dog’lardan xunob bo’lgan Biro qulay ish qurolini yaratish ustida jiddiy bosh qotiradi. Izlanishlar hosilasi sifatida sharikli ruchka dunyoga keladi. Uni keng miqyosda ishlab chiqarish xuquqini Buyuk Britaniyaning Harbiy xavo kuchlari sotib oladi. Biro o’z ixtirosini ikkinchi marta boshqa qit’a – Lotin Amerikasida ham pullashga muvaffaq bo’ladi; Argentinadagi Tversharp kompaniyasi omadli jurnalistga o’sha davrda mislsiz boylik hisoblangan 1 million AQSh dollari miqdorida pul to’laydi.
Yangi mahsulot arzon va kulayligi bilan tezda xalq e’tiborini tortadi. Ixchamgina o’quv quroli Argentinada sayohatda yurgan amerikalik savdogar Milton Reynoldsning qo’liga tushdi. O’z kasbining ustasi bo’lgan Reynolds ushbu yangilik orqali qancha foyda ko’rish mumkinligini chamalaydi. Surishtirib, ixtiro faqatgina ikki mamlakatda ro’yxatdan o’tkazilgani, muhimi, jahonning eng katta bozori – AQShga kirib ulgurmagani, bu borada hech qanday rasmiy hujjatlar imzolanmaganini aniqlagach, darhol ishga kirishadi. Savdogar 1943-yilda o’zganing kashfiyoti uchun AQShda patent, olib ommoviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi. Reynolds adashmagandi: sharikli ruchka yashin tezligida shuhrat qozonadi, Nyu-Yorkdagi birgina Jimbel do’konida bir kunning o’zida 10 ming donalab sotiladi. To’g’ri, kashfiyot muallifi Biro o’z haq-huquqlarini sud orqali tiklamoqchi bo’ladi, biroq uning urinishlari kutilgan natija bermaydi.
Bu bilan ruchkaning «millionlar tug’ish” borasidagi vazifasi yakun topmaydi. 1958-yilda fransiyalik Marsel Bik ruchka mexanizmini yanada soddalashtirib, tannarxini ham arzonlashtirilgan holda BIC nomi ostida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi. Shu tariqa bugungi kunda dunyodagi o’quv qurollari bozorining kattagina qismini egallagan BIC Corporation kompaniyasiga asos solinib, uning sohibi jahonning eng badavlat kishilaridan biri bo’lib qoladi.

16 комментариев к “30-oktyabr sharikli ruchka ixtiro qilingan kun”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: from this source

  3. Уведомление: sell cvv

  4. Уведомление: 22 gauge shotgun

  5. Уведомление: best dumps shop

  6. Уведомление: เอสบีโอเบท

  7. Уведомление: cocaine for sale

  8. Уведомление: Side hustle

  9. Уведомление: สล็อตออนไลน์

  10. Уведомление: cookies and cream chocolate bars

  11. Уведомление: Albino Penis Envy Mushroom Psilocybin

  12. Уведомление: toronto weed delivery

  13. Уведомление: websites

  14. Уведомление: 티비위키

  15. Уведомление: home

  16. Уведомление: best place to buy crack cocaine with bitcoin

Комментарии закрыты.