8-mart ssenariysi (bog`chalarga)

DO`STLARGA ULASHING:

8-mart ssenariysi
Zal  bayramona  bezatilgan  musiqa  bilan  bolalar  zalga  kirib  keladi  va jylariga  turib  oladi.
Boshlovchi:Ona  hurmatin  tushunmoq  uchun,
Anglamoq  kerak onalar  burchin.
Ona  so’zi  bu  – juda  ulug’  zot,
Onamiz  bog’bon,  onamiz  posbon.
Ona  uyimiz  obodligidir,
Ona  uy husni  ham  shodligidir.
Onalar   bizni  guldek  bezatgan
Shu  dunyoga   bizni  ona  keltirgan.
Assalomu  alaykum  aziz  onajonlar  ,qalbi  daryo  opa  -singillar,  shirindan  -shakar  jajji  qizaloqlar.  Men  sizlarni   8- mart   xalqaro  xotin qizlar  kuni  bilan  chin  qalbimdan  tabriklayman.
Bola: Opajon  to’g’ri  aytasiz  bu  bayram  onalar  bayrami  va  shu  jumaldan  sizning  ham  bayramingiz.
Bola:Juda  to’g’ri  agar  opamiz  bizga  ruxsat  bersalar  biz  bu  bayramni  birgalikda  olib  borsak.
Bosh: Juda  yaxshi  bolajonlar  unda  bayramni  boshladik.
Bola:Aziz   onajonlar  va  opa- singillar  sizlarni  bugungi  bayram  bilan  chin qalbimizdan  tabriklaymiz.
Bola: Ingilizcha  tabrik.
Bola: Endi  guruhimiz  bolalari  ham  yod  olgan  sherlari  va  qo’shiqlarini  aytib  beradilar.
Ozodbek: Yurtimizda  istiqlol
Yozilar,  g’azal ,alyor.
Aytishar  alla,  yor-yor,
Onalar  omon  bo’lsa.
Go’zal:Biz  o’g’il  qizlar  uchun
Siz  muqaddas  onasiz.
Aziz  farzandlarim  deb
Doim  kuyib  yonasiz.
Hasan: Bu  jannat  vatanda ,
Siz  bosgan  izlar.
Ko’zingiz  nurlari  ,
Biz  o’g’il  qizlar.
Akram: Jannat  bo’lar yer  yuzi
Nurga  tular  er  yuzi.
Kuladi  baxt yulduzi,
Onalar  omon  bo’lsa.
Bosh: onajonlarimizga  tabrigimizni  beramiz.(Bolalar  onalarini  tabriklaydi)
Bosh: Endi  bolalarimiz  ijrosida  qoshiq  tinglaysiz.
Qoshiq: Onajon,  onajonginam.
(  Bolalar  joylariga  o’tirib  oladilar)
Raqs: Qizlar  ijrosida.
(  shu  payt  qolida  sandiqcha  bilan Egriboy  kirib  keladi)
Bosh: Voy- voy shoshma  sen  kimsan.
Egrivoy: Men    mashxo’r  Egrivoy  bo’laman.
Bosh: Bu  yerlarda  nima  qilib  yuribsan?
Egrivoy: Meni  To’g’rivoy  qidirib  kelmoqda,mana  bu  sandiqchani  olib  qo’ymoqchi iltimos  meni  yashiringlar.
Bosh: Una  sen  bolalar  yoniga  borib  o’tir,  seni  bolalar  orasidan  topa olmaydi.
(  Shu  payt    To’g’rivoy  davraga  qayerdasan  Egrivoy  deb  chaqirib  kirib  keladi
To’g’rivoy: Bu  yerda  nima  bo’lyapri?
Bola: Biz  bayramni  nishionlayapmiz.
To’g’rivoy: Bu  bayram  qanday  bayram?
Bola; Onajonlar  bayrami.
Qiz ; Buvijonlar  bayrami.
Bola: Barcha  opa- singillar  bayrami.
To’g’rivoy: Ha  men  ham  bu  bayramga  sovg’a  olb  kelayotgan  edim,  yulda  sovg’a  soligan  sandiqchamni  Egrivoy  olib  qochib  ketdi.Sizlar  Egrivoyni  ko;rmadingizmi?
Bosh: Demak  Egrivoy  bizlarni  aldabdi.
Egrivoy : Meni  kechiringlar  ,  iltimos  meni  kechir  do’stim.Mana  sandiqcha.
Bosh: Seni  kechirishimiz  uchun  sen  ham  bugungi  bayramga  o’z  mahorotingni  korsat.
Egrivoy:Kel  To’g’rivoy    og’il  bolalar  bilan  bir  raqs tushib  beraylik.
Raqs: Andijon  polka.
Bosh: Endi  o’g’il  bolalar  ijrosida  raqs  tamaosha  qilamiz.
(raqsdan  so’ng  ular  xayrlashib  sandiqchani  boshlovchi  bollarga  berib  ketadi.)
Bola: Mana  bu  sovg’alarni  biz  guruhimiz  qizlariga  beramiz.
(O’gil  bolalar  birin  ketin qizlarni  tariflab   tabrikni  qizlarga  beradi)
Bola: Endi  she’r  va  qo’shiqlar  aytishni  davom  ettiramiz.
Temur: Siz  mening  oily  baxtim,
Baxtdan  yaralgan  taxtim.
Tildan  chiqqan  ilk  so’zim.
Borlig’imsiz  onajon.
Yulduz: Ingilizcha  she’r  aytadi.
Zuxra : 8 –  mart  bugun,
Onajonlar  bayrami.
Yullariga  poyondoz ,
Dasta  gullar  boylami.
Iroda: Mehri  daryo  onasiz,
So’zlari  do’rdonasiz.
Onajonim  sog’  bo’ling ,
Nur  marjonim  sog’  bo’ling.
Bosh: Endi  bolalar  ijrosida  qo’shiq  tinglaymiz
Raqs:  «Хorazimcha»
Bosh: Engi  davramizga  o’g’il  bolalarimizdan  4tasini  taklif  etamiz.Bu  bolajonlarimiz  uchun  alohida  shartimiz  bor. Bugungi bayram  opasingillarni  ham  bayrami  bo’lganligi ucvhun,  o’g’il  bolalarimiz  o’z chaqqonliklarini  namoyish  etib  beradilar.Sizlar  mana  bu  kiyimlarni tezda   kiyib olishingiz  kerak.Va  Raqs  tushib  berasizlar.
Raqs: Bolalar  raqs  tushib  beradilar.
Bosh;Mana  o’g’il  bolalarimizni  ham  mahorotini  ko’rib  oldik.Endi  davraga  mehribon  onajonlarimizni  taklif  etamiz.(  onalar  davraga  chiqadi)
Hurmatli  prizedentimiz  tomonidan  bu  yilni    “Sog’lom  bola”  yili  deb  nom  berildi.Bu  bejiz  emas  farzandlari  yo’’lom  yurt  qudratli  bo’ladi.Farzandlarimiz  sog’lom  bo’lishi  uchun  biz  sport  bilanshug’illanishimiz  kerak.Hozirgi  shartimiz  ham  sport  musaboqasi.Onajonlar  farzandlaringizni  ham  yoningizga  chaqirib  olamiz.
1.Shart.Do’ppini  bir-biriga  otish.
2.Shart.Halqalar  ichida  marraga  borib  qaytish.
3.  Sharlarni  boshda olib  borib  kelish.
Bosh: Rahmat  onajonlar,  sizlar  shirinso’z,mehribon  bo’lish  bilan  bir  qatorda  judaham  chaqqon  ekansizlar.
Hurmatli  onajonlar  opa  singillar  sizlarni  yana  bir  bor  bayram  bilan  chin  qalbimdan  tabriklayman.
Bola: Sizlarga  tinchlikva oilaviy  baxtt  tilayman.
Bola: Doimo  bizning  baxtimizga  sog’  bo’ling.
Bosh: Bayramni  guruh  xonalarimizda davom  ettiramiz.

kaptarcha.zn.uz

Оставьте комментарий