8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami uchun she’rlar

DO`STLARGA ULASHING:

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami uchun she’rlar
Sizlar borsiz so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizar borsiz ming bir dardga da’vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.
??
❣️???❣️??
Baxorga tenglashgan o’zbek ayoli,
Nafosat quyoshi barq urgan bu kun,
Sizga tabriklarim go’zal misoli
O’zgacha tong otar aslida bu tun.
Nurlarga cho’milgan zotsiz ayollar,
Har so’ziz azizdir, misli taborak,
Dunyo poyingizga aylab savollar,
Bayramingiz ayollar bo’lsin muborak..
O’zbekning nomusi, orisiz sizlar,
Ham shoni, ham g’ururi borisiz sizlar….
Olimbek Tursunov
1-bosqich Mexanika yo’nalishi talabasi
??
❣️???❣️??
8-mart uchun sher — Ayol bor dunyoda
Ayol bor dunyoda baxt bor iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
Ayol bor dunyoda pariruxsor bor,
Ayol bor dunyoda ul gulruxsor bor,
Ayol bor dunyoda gul bor, bahor bor,
Ayol bor dunyoda oshig’i zor bor.
Ayol bor dunyoda gulga misol bor,
Ayol bor dunyoda dilga timsol bor,
Ayol bor dunyoda malak dildor bor,
Ayol bor dunyoda vasli diydor bor.
Ayol bor dunyoda hofizu tor bor,
Ayol bor dunyoda qo’shiq, ash’or bor,
Ayol bor dunyoda Ahadga yor bor,
Ayol bor dunyoda lablari ol bor…
Ayol bor dunyoda baxt bor, iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
??
❣️???❣️??
Dunyoning ğamini yutguvchi , ayol!
Olamda muhabbat tutguvchi , ayol!
Sadoqatla birga rafiqa bõlib!
Eridan shirin sõz kutguvchi ayol!
Farzandiga mehr berguvchi , ayol!
Ranjitsangiz qahr qilguvchi , ayol!
Kõzlardagi ğamni bilguvchi , ayol!
Borini muhayyo qilguvchi ayol!
Kõzidan chiqarmang hech qachon kõz yosh!
Alamdan yonsa ham bermoqda bardosh!
Gõzallardan gõzal kamon qalamqosh!
Onamiz,singlimiz,opamiz AYOL!
??❣️???❣️??
Dangillama uylar qurdiradigan,
Qarsillatib to’ylar qildiradigan
Erlarining soqolini,
xar kuni qirdiradigan.
Ayollar omon bo’lsin!
Shirin qilar oshingni,
Zaxar qilar oshingni.
Tergin deya toshingni.
Og’ritsa xam boshingni.
Ayollar omon bo’lsin!
Aytganini qilsa xam,
Ustimizdan kulsa xam.
Begona duxilarni,
Yuz metrdan bilsa xam.
Ayollar omon bo’lsin!
Tur desang o’tirsa xam ,
o’tir desang tursa xam.
Kun bo’yi pardoz qilib
Salonlarda yursa xam.
Ayollar omon bo’lsin!
Jaxlda shimarsa yeng,
Naq enamni ko’rdim deng.
Toqati tog’larga teng.
Bilagi Alplarga teng.
Ayollar omon bo’lsin!
Bozorlarda yugurgan.
Sandiqlarni to’ldirgan
Xamma ishga ulgurgan.
Ayollar omon bo’lsin!
Quda tanlab qidirgan.
Suymaganni suydirgan.
Muqom qilib kuldirgan.
Kelinini ko’ndirgan.
Ayollar omon bo’lsin!
??❣️???❣️??
Bugun hamma hursand ochiq ko’ngilllar,
Bayramning shodligidan yayraydi dillar.
qo’limda siz uchun bu atirgullar,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon bo’ling ayollar.
Yuzingizdan har doim quvonch ketmasin,
baxoriy kayfiyat tark etmasin.
g’am-tashvish qalbingingiz chirtib o’tmasin,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon bo’ling ayollar.
Siz bor uchun fayzlarga to’ldi bu olam,
siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
sizlarsiz o’zingiz yurakda nolam,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon bo’ling ayollar.
??❣️???❣️??
Onajonim omon bo’lsangiz
Ko’zlarimni ko’p yo’qlamas nam,
Alam bo’lmas so’zlarimda xam.
Uch yuz oltmish besh kunim bayram,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Kulgularim chiqar avjiga,
Xamohangdek dengiz mavjiga.
Yuboraman Umraga, Xajga,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Otam bilan uyim to’rida,
Xar dam bo’ling qalbim qo’rida.
Bosh bo’lasiz bolam to’yida,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Shamollarda titragan shamdek,
Xor bo’lmayman singan qalamdek.
Suv tutaman obi Zam-Zamdek,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Lafzim buzsam meni quchsin dard,
Niyatim sof tilagim begard
Qadringizni bilmagan nomard.
Onajonim omon bo’lsangiz.
?Т?А?Б?Р?И?К.
Хаёт боғларида тиконлар сўлсин,
Умр йўлларингиз гулларга тўлсин,
Нурларга беланди бу кун замин ҳам
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
Болам деб ғам чеккан меҳрибонларим,
Ташвиши бир уммон,қувончи ярим,
Эй ,менинг жаннатий онажонларим,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
Қошлари камалак, сочлари чамбар,
Оҳу кўз санамлар, юзлари дилбар,
Сиз борсиз дунё ҳам гўзал, мунаввар,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
Қалбида дард аммо, юзлари ҳушҳол,
Сабр, бардошидан машақатлар лол
Оламни нурафшон айлаган аёл,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
Табассум кетмасин юзларингиздан,
Қувонч ёши томсин кўзларингиздан,
Чаманлар гулласин изларингиздан,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
??❣️???❣️??
АЁЛ.
Bugun hamma hursand ochiq ko’ngilllar,
Bayramning shodligidan yayraydi dillar.
qo’limda siz uchun bu atirgullar,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon bo’ling ayollar. ??
Yuzingizdan har doim quvonch ketmasin,
baxoriy kayfiyat tark etmasin.
g’am-tashvish qalbingingiz chirtib o’tmasin,
bayramingiz muborak aziz ayollar,
baxtimizga omon bo’ling ayollar.???
Siz bor uchun fayzlarga to’ldi bu olam,
siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
sizlarsiz o’zingiz yurakda nolam,
bayramingiz muborak aziz ayollar,?
baxtimizga omon bo’ling ayollar.?
?Т?А?Б?Р?И?К.
(8-март аёллар байрамига)
????
Хаёт боғларида тиконлар сўлсин,
Умр йўлларингиз гулларга тўлсин,
Нурларга беланди бу кун замин ҳам
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
????
Болам деб ғам чеккан меҳрибонларим,
Ташвиши бир уммон,қувончи ярим,
Эй ,менинг жаннатий онажонларим,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
????
Қошлари камалак, сочлари чамбар,
Оҳу кўз санамлар, юзлари дилбар,
Сиз борсиз дунё ҳам гўзал, мунаввар,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
????
Қалбида дард аммо, юзлари ҳушҳол,
Сабр, бардошидан машақатлар лол
Оламни нурафшон айлаган аёл,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
????
Табассум кетмасин юзларингиздан,
Қувонч ёши томсин кўзларингиздан,
Чаманлар гулласин изларингиздан,
Қутлуғ айёмингиз муборак бўлсин.
✍️Муаллиф :Хуршид Карим.
??❣️???❣️??
ОНА.
Жойномоз устида дуолар қилиб,
Меҳрини пойимга тўшаган онам.
Ғам чексам оҳ уриб бағрини тилиб,
Фарзанди дардида яшаган онам.
Қошимда парванам бедор жонсарак,
Она нимангиз бор меҳрдан бўлак.
Дайдидек тентираб кеч келсам яна,
Озорга тўлдириб маъюс кўнглингиз,
Нега тергамайсиз урушмайсиз она,
Нега койимайсиз телба ўғлингиз,
Мени деб ҳамиша жонингиз ҳалак ,
Она нимангиз бор меҳрдан бўлак.
Борига шукур деб йўғига сабр,
Ҳеч қачон қалб руҳи синмаган онам.
Фидокор,меҳнатдан излаган қадр,
Шу ёшга кириб ҳам тинмаган онам.
Сочлари супурги қўллари курак,
Она нимангиз бор меҳрдан бўлак.
Сизсиз боҳорларим кўринар куздек,
Сиз -ла кундузларим нурли чароғон,
Ҳеч ким силамайди бошимни сиздек,
Ҳеч ким севмас мени сиздек онажон,
Меҳрингиз олдида дарё бир кўлмак
Она нимангиз бор меҳрдан бўлак.
Сизни паноҳида асрасин эгам,
Мудом ёруғ қилсин юзларингизни,
Сиз менинг энг азиз кишимсиз онам.
Кўзимга суртаман изларингизни,
Жаннат пойингиздан ўтган бир йўлак
Она нимангиз бор меҳрдан бўлак.
??❣️???❣️??
ОНАСИ ХАЁТЛАР ОНАНГИЗ АСРАНГ
Онангиз ёнида бир зум ўтириб.
Меҳирли кўзларига бир тўйиб қаранг
Дунё ишларини бир четга суриб .
Онаси хаётлар онангиз асранг.
Хаётдан кетганда қадри билинар.
Томоққа хаттоки сув хам илинар.
Пушаймон бўларсиз бағир тилинар
Онаси хаётлар Oнангиз асранг.
Қалбини ғам алам қамраб олмасин.
Йулингизни кутиб кўзи толмасин.
Кексайган кунглида армон қолмасин
Онаси хаётлар онангиз асранг.
Оналар пойида булса гар жаннат
Нима учун онага қилмаймиз хизмат.
Онадан айрилмок энг оғир қисмат.
Онаси хаётлар онангиз асранг.
Биз учун ҳикматдир ҳар айтган сўзи.
Дунёда мехрибон Oнадай зот борми ўзи
Фақат қувонч билан ёшлансин кўзи.
ОНАСИ ХАЁТЛАР ОНАНГИЗ АСРАНГ.
? ? AYOL ? ?
Dunyoning ĝamini yutguvchi ayol !
Olamda muhabbat tutguvchi ayol !
Sadoqatla birga rafiqa bõlib !
Eridan shirin sõz kutguvchi ayol !
Farzandiga mexr berguvchi ayol !
Ranjitsangiz qaxr qilguvchi ayol !
Kõzlardan ĝamni bilguvchi ayol !
Borini muhayyo qilguvchi ayol !
Kõzidan chiqarmang xech qachon kõz yosh !
Alamdan yonsa xam bermoqda bardosh !
Gõzallardan gõzal kamon qalam qosh !
Onamiz, singlimiz, opamiz AYOL
??❣️???❣️??
Hayotimsiz go’zalim meni
Yonimda bo’ling har doim har dam
Bugun go’zal ayyomingiz sizni
Bayramingiz muborak bo’lsin Azizam
Fayzga to’lgan qalbim bekasi
Ko’ngilginam yolg’iz erkasi
Yuragimni tanho egasi
Bayramingiz muborak bo’lsin Azizam
Ikki ko’zingiz porlagan kulgan
Qalbingiz mehr koniga to’lgan
Onamdayin mehribon bo’lgan
Bayramingiz muborak bo’lsin Azizam
Go’zalsizda, go’zalsiz biram
Siz borsizki baxtim bo’lmas kam
Beg’uborsiz farishtaginam
Bayramingiz muborak bo’lsin Azizam
??❣️???❣️??
Eng go’zal insonsiz xayotimdagi.
O’zgani «go’zalim» deganim yolg’on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.
Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko’rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo’lsin sizga ham bayram.
8mart bayramingiz muborak azizlar
??❣️???❣️??
Ko’ngliz uyiz bog’ bo’lsin,
Tan-u joniz sog’ bo’lsin.
Qaddiz baland tog’ bo’lsin,
Shuning o’zi baxt erur
Qo’l oyoqni yurgani
Ko’ziz ravshan ko’rgani
Tunda yurak urgani
Shuning o’zi baxt erur
Qo’liz qoymang duodan
Tinchlik sorang hudodan
??❣️???❣️??
G’am sizdan yiroq bo’lsin,
Tabassum xamrox bo’lsin
Bahordek pok umringiz,
Doim quvonchga to’lsin
??❣️???❣️??
Sizni kirib kelayotgan 8 — Mart Xalqaro Xotin Qizlar Kuni bayrami bilan kanalimizdagi va yurtimizdagi barcha ayollarni chin yurakdan tabriklaymiz!!!
Yuzingizdan tabassum ?
Qalbingizdan mehr ❤️ hech qachon arimasin!!! BAXT va OMAD sizni hech qachon tark etmasin!!! Doim SEVIB, SEVILIB yuring!!❤️
Garchi Siz bundanda ko’prog’iga loyiqsiz!!!!???
Поздравляем вас с 8 марта с Международным женским днем! Поздравляем всех женщин с нашим каналом и нашей страной !!!
Улыбка на лице ?
Вы никогда не одиноки! BABY и OMAD никогда не покинут вас !!! Ты всегда ЛЮБИМАЯ, ЛЮБЯЩАЯ !! ❤️
Вы не достойны этой большой работы !!!! ???
We congratulate you on the 8th of March with the International Women’s Day! We congratulate all women on our channel and our country !!!
Smile on your face ?
You are never alone! BABY and OMAD will never leave you !!! You are always LOVED, LOVING !! ❤️
You are not worthy of this great deal !!!! ???
??❣️???❣️??
Sizlarni kirib kelgan 8 — mart Halqaro Xotin — qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga uzoq umr, sihat — salomatlik, baxt omad tilaymiz. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Xech qachon ko’zingizdan yosh oqmasin. Zero ayolni qadrlagan inson, uning ko’zidan hech qachon yosh oqishiga yo’l qo’ymaydi va bunga harakat qiladi.
Azizim hayotda shodlik bor bo’lsin
Ana shu shodliklar sizga yor bo’lsin
Qalbingiz orzu va quvonchga to’lsin
Bugun tailayman sizga ko’p tilak.
8-MART bo’lsin muborak!
??❣️???❣️??
Baxor chechaklari bo’lsin armug’on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo’ling shodumon,
Har kuningiz o’tsin bayramday har on!
??❣️???❣️??
Daraxtzorni oralar sabo
Yaproq uzra tongi shabnami
Nega jimsan hayollar aro
Ey yurtimning Bibimaryami
Qadam bossang
Yorishar bog’lar
Nigohingda eriydi muzlik
Sensiz hayot menga mayuslik
Tabiatning ko’rki kamoli
O tengsizim O’zbek ayoli
??❣️???❣️??
Assalomu al-m kanalimizni GO’ZAL ONAXONLARI,OPA-SINGILLARI
Sizlarni 8-Mart bayrami bilan tabriklab Sizlarga Baxt va Omad, Oila xotirjamligini tilab qolamiz
??❣️???❣️??
Eng go’zal insonsiz xayotimdagi.
O’zgani «go’zalim» deganim yolg’on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.
Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko’rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo’lsin sizga ham bayram.
??❣️???❣️??
Baxor chechaklari bo’lsin armug’on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo’ling shodumon,
Har kuningiz o’tsin bayramday har on!
??❣️???❣️??
Саккизинчи март бугун
Кизларимиз байрами
Йигитларчи? дейсизми?
Пулсиз байрам байрамми?
14 январда сизлардан
Роса совга олганмиз
Шу туфайли кизлардан
Карздор булиб колганмиз.
Стипендияга уч кун бор
Уйдан пул хам келмади
Лекин пулим йуклигини
У гузал киз билмади.
Бир амаллаб кутулдим
Битта кизил гул билан
Шундай килиб хайрлашдим
Карзга олган пул билан.

Оставьте комментарий