Qorqiz va qorbobo haqida sara sherlar to‘plami

DO`STLARGA ULASHING:

Qorbobo hamda qorqiz haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Qolaversa hazil sherlar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.

Qorbobo so’zi

Keldim ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u tog’lardan oshdim.

O’rmon oralab yurdim,
Archani xo’p tanladim.

Eng chiroyli, eng ko’rkam,
Qarang, ulkandir biram.

Uni sizga yo’lladim,
Behad u xo’p chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko’rib ko’zim,
Ofarin o’g’il-qizim!

Qorqiz — Anvar Obidjon

Yo’laklarim — olmos qor,
Ko’ylaklarim — olmos qor,
Sochlarim ham olmos qor,
Tojlarim ham olmos qor.

Oqqina oqqush-oqqizman,
Qorbobo qorgan qorqizman.
Yo’ymang meni sho’r tuzga,
O’xshatmanglar g’irt muzga.

Tilim novvot, qaynoqdir,
Ko’nglim yumshoq, qaynoqdir.
Oqqina oqqush-oqqizman,
Qorbobo qorgan qorqizman.

Qorbobo sovg’asi

Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!

Qorqizning qormomosi — Safar Barnoyev

Qorbobom bilan kelsam,
Quvonasiz chindan.
Qormomong ham bormi, deb
So‘ramaysiz mendan.

Qormomom ham bor mening,
U tog‘larda yuradi.
Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,
Qor yog‘dirib turadi.

Qorboboga hazil sher

Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo’sin.
Bu yil mani bilagim.

Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko’proq.
Ishim doim yugursin.
Bo’masin xech muammo.

So’rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol’e bu..
Ko’rsatib bir mahorat.
Sovg’a qilgin Malibu..

Pul endi qo’lni kiri.
Qo’lim shu yil kir bo’sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to’lsin.

Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo’sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go’zal bo’sin.

Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to’y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko’ray.

Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo’lar ijobat.

Qorqizga olqish — Dilshod Rajab

Kim aytar: u parimas?!
Undan chiroy arimas!
Har yil bir yosh o‘ssa ham,
Qorqiz sira qarimas!

Chunki dili pok uning,
Orzulari oq uning.
Nomi qordan bo‘lsa ham,
Mehri ko‘p qaynoq uning.

Xuddi go‘zal oq qayin,
Boqishlari bir mayin.
Yosharib ochilganday
Qorqizimiz yil sayin!

Shunday, qishda ham yashnab,
Sarg‘aymasin, so‘lmasin.
Yoshlik ketmasin tashlab,
Sira kampir bo‘lmasin!

Qorbobomiz

Qorbobomiz uy soldi,
Derazasiga gul soldi.
Derazasidan mo’ralasam.
Hassasi bilan bir soldi.

Qorbobomiz oppoq

Qorbobomiz oppoq,
Peshonasi yalpoq,
Xassasi uzunchoq,
Qopi to’la o’yinchoq!

Qorqizning tilagi — Nozima Habibullayeva

G‘ururqizman, orqizman,
Eski dardi bor qizman.
Besh yilki yangi yilda,
Qorbobosiz qorqizman.

Besh yilki tilagim shu,
Yolg‘on-u g‘avg‘o qilar.
Yangi yil menga qachon,
Bobomni sovg‘a qilar?

Ularsizlik osonmi?
Yolg‘onku bayram zavqi.
Qaniydi bolalikka,
Bir zumda qolsam qaytib.

Suratim siyratimdir,
Oqliklar ovoz aylar.
Nigohim kiyiklardir,
Ko‘k o‘zra parvoz aylar.

Qorqizman-u zorqizman,
Armonga yetmas kuchim.
Nechta yangi yil kerak,
Sovg‘a olishim uchun?

Erib ketmang, jon bobo

Qorbobojon qorbobo,
Sovg’alari bor bobo,
Uyimiz juda issiq,
Erib ketmang jon bobo!

Qorbobojon kelyapti,
Soat sakkiz bo’lyapti,
Qorbobomiz kelyapti.
Keling, keling Qorbobo,
Sovg’alari bor bobo!

Qorbobolar keladi — Hazil sher

Qorbobolar keladi,
Etagi qor supurib,
Yonida qorqiz kelar,
Qop ko’tarib yugurib.

Ayoz kelib sher so’rar,
Yonidagi boladan,
Bola boshlar she’rini,
Ovoz chiqar noladan.

Qorbobojon qorbobo,
Boks qo’lqop borbobo,
Birov sanga tashasa,
Basharasin yorbobo.

Qorbobojon qorbobo

Qorbobojon qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo,
Agar qopi bo‘lmasa,
Lo‘lilarday xor bobo.

Tezroq kelib qorbobo,
Yangi yilni boshlab ket,
Qorqizingni bir oyga,
Bizni uyga tashlab ket.

Chanada kel qorbobo,
Menga desa g‘ozda kel,
Duxing yetsa mabodo,
Baxorda kel yozda kel.

Ayfonim sotdim yangi,
Bitta samsung olib kel,
Yo‘l yo‘lakay paynetdan,
Shyotiga pul solib kel.

Biz seni ko‘p kutmaymiz,
Chaqirganda chopib kel,
Karzin tulamay ketgan,
Do‘stlarni xam topib kel.

Qorbobojon qorbobo,
Sal normalniy kiyin san,
Sovg‘alaring bo‘lmasa,
Xamma joyda bir tiyin san.

Sen kelsang ey qorbobo,
Yangi yil xam to‘lardi,
Qariganda qizil kiyim,
Kiymasang xam bulardi.

manba: uzbaza.uz

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek