Festal — ovqat hazm qilish buzilganda juda samarali vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Festal — ovqat hazm qilish buzilganda juda samarali vosita.
#Festal
#Фестал
?Dori shakli : Draje
?Tarkibi ?
Pankreatin , amilaza, lipaza , proteaza, safro komponenti
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— Ovqat hazm qilish buzilganda
— Qorinda dam bo’lganda ( meteorizmda).
— Surunkali pankreatitda va me’da osti bezi faoliyati buzilganda.
— Jigarning diffuz kasalliklarida
— Jigarning alkogolli va toksik shikastlanishida
— Jigar sirrozida
— O’t kislotasi ko’p yo’qotilishida
— O’t qopi olib tashlangandan keyingi holatda buyuriladi.
— O’t chiqarish yo’llarining qayrilishida
— Disbakteriozda
— O’t kislotasining sirkulyatsiyasi buzilganda
— Surunkali gastritda
— Surunkali 12 barmoq ichak yallig’langanda
— O’t hosil bo’lishi va o’t ajralishi buzilganda
— Chaynash faoliyati buzilganda
— Noto’g’ri ovqatlanishda
— Kam harakatli hayot tarzida ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun.
— Qorin bo’shlig’i a’zolarini rentgenologik va ultratovush ( UZI ) tekshiruviga tayyorlashda
— O’t haydovchi ta’sirga ega
— A, E va K vitaminlarining so’rilishini yaxshilaydi.
?QABUL QILISH USULI ?
Ichga qabul qilinadi. Chaynamasdan ovqat vaqti yoki ovqatdan so’ng darhol ko’p bo’lmagan miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.1 — 2 drajedan sutkasiga 3 mahal buyuriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Aksirish
— Ko’z yoshini oqishi
— Qorinda og’riq ( ichak sanchig’i )
— Diareya
— Qusish
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— O’tkir pankreatitda
— Jigar og’ir yetishmovchiligida
— Jigar komasi va koma oldi holatida
— Gepatitda
— O’t — tosh kasalligida
— O’t pufagi yiringlash holatida
— Ichak tutilishida
— 3 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
?ESLATMA ?
Homiladorlik davrida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish mumkin.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Hindiston

Оставьте комментарий