Belgiya

DO`STLARGA ULASHING:

Belgiya

Belgiya, Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België; frans.: Royaume de Belgique) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga boʻlingan. Maydoni 30,528 mingkm². Aholisi 10 mln. 109ming kishi (2018). Poytaxti — Bryussel shahri

konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831 yilda qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993 yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

Оставьте комментарий