Ta’til kunlari sanasi

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv­chilarga o‘quv yili davomida quyidagi ta’tillar beriladi:
. kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 ka­lendar kun;
. qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
. bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
. yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
. Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
. 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomi­da qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Оставьте комментарий