DO`STLARGA ULASHING:
AFLUBIN TOMCHI
#АФЛУБИН ТОМЧИ
?DORI SHAKLI : ?
gomeopatik tomchilar.
?TARKIBI : ?
Tabiiy mahsulotlar va qo’shimcha qilib etil spirti 43 % dozada.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Gomeopatik dori vositasi. Gripp, shamollash va og’riqli holatlarda qo’llaniladi.
?QO’LLANILISHI ?
— Grippda va paragrippoz kasalliklarida buyuriladi.
— O’tkir respirator kasalliklarda kasallikni yengillashtirish maqsadida va davolash uchun buyuriladi.
— Shamollash kabi holatlarda buyuriladi.
— Bo’g’imda og’riq bilan kechuvchi yallig’lanishlarda buyuriladi.
— Revmatik kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
Preparatni ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin yoki 1 soatdan keyin qabul qilish mumkin.
Kattalar va o’smirlar uchun bir martalik doza 10 tomchi. Kuniga 3 — 8 martagacha to’g’ridan to’g’ri ichga yoki 1 osh qoshiq suvga suyultirib qabul qilish mumkin.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bir martalik doza 5 tomchi .
Kuniga 3 — 4 martagacha to’g’ridan to’g’ri ichga yoki 1 osh qoshiq suvga suyultirib qabul qilish mumkin.
Preparatni yutishdan oldin og’izda biroz tutib turib keyin qabul qilish kerak.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Allergik reaksiya berish mumkin.
— Kam hollarda so’lak ajralishini kuchayishi .
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’llash mumkin emas.
— Og’ir jigar kasalliklarida qo’llash mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
▶Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashib qabul qiling.
▶Jigar kasalliklarida , bosh miya jarohatlarida va bosh miya kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak.
?NARXI ?
20 ml ligi — 60 ming so’m
50 ml ligi — 100 ming so’m
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Avstriya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali