Вы сейчас просматриваете Kitob va Yozuv haqida topishmoqlar javobi bilan

Kitob va Yozuv haqida topishmoqlar javobi bilan

DO`STLARGA ULASHING:

Kitob, yozuv va daftar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.

2. Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.

3. Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.

4. Tilsiz, aql o‘rgatar.

5. Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.

6. Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq.

7. Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.

8. Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.

9. Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.

Topishmoqning javobi
Kitob.

Добавить комментарий