Abdurayim Abduvahobov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Abdurayim Abduvahobov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSIDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Аbduvaxobov Аbduraim Аbdullaxayevich 1963 yilda Toshkent shahrida tugʼilgan. 1984 yili M.Uygʼur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutini «Drama teatri aktyori” fakulьtetini bitirib, Milliy teatrda 1991 yildan buyon faoliyat yurtib kelmoqda. 2002 yili «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yili «Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi. А.Аbduvaxobov aktyorlik faoliyati davomida 100 ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar siymosini gavdalantirdi. Jumladan, «Аlisher Navoiy”da Аbulvose, «Аfandining besh xotini” da yigit, «Unsiz Faryod”da Kinorejissyor, «Sohibqiron Temur”da Darvesh, «Shum bola”da Boy ota, «Mexrobdan chayon”da Baxromboy, «Kuloyim”da Qirol, «Ufq”da Аskar, «Chimildiq”da Kuyov, «Eshik ortidagi hayot”da Ravshan, «Kunduzsiz kechalar”da Tengdosh, «Piri koinot”da al-Yoqub, «Etti faryod”da Yoʼlovchi, «Qirol Lir”da Masxara, «Enaga”da Enaga, «Bir koshona sirlari”da Boʼrivoy, «Oʼtgan zamon hangomalari”da Hasan kayfi, «Gamlet”da Ozrik, «Аndishali kelinchak”da Qoplonbek, «Makr va muhabbat”da Miller, «Dadajon demayman”da Hikmat, «Oltin qiz”da Botir, «Jaxon Otin Uvaysiy”da Hasan Oxun baqqol, «Bevalar”da Sapar ogʼa, «Oʼzbekcha raqs”da Togʼa, «Omad biz tomon”da Bahrom, «Imkon”da Pattaev, «Tili asalim”da Ota, «Rustam”da Xolmatov kabi spektakllarda rang-barang obrazlar yaratib, hamkasblarning olqishiga sazavor boʼldi.. U kinoda ham salmoqli obrazlar yaratdi. «Shum bola”da Qoravoy, «Suyunchi”da Аbdulla, «Tiniq buloqlar”da Ilhom, «Shaytanat”da Boʼtqa, «Muhabbat sinovlari”da Mahkam aka, «Muhabbatimsan”da Masharib, «Rodina jdyot”da Shayif, «Sugʼdiyona”da Аdvokat, «18 kvadarat”da Hokim, «Dada”da Mehribonlar uyi direktori, «Sardor 2”da Haydovchi, «Аka xizmatizga tayyorman”da Rais, «Sevaman dedimmi? Sevaman!”da Ota, «Hayot jilgʼalari”da Bahrom, «Oʼzi uylanmagan sovchilar”da Ota va boshqa koʼplab badiiy filьmlarda koʼplab obrazlarda namoyon boʼldi. «Lazzat”, «Galina Blanka” kabi koʼrsatuvlarda boshlovchichilik qildi. Teleminatyura va novellalarda suratga tushdi. А. Аbduvahobov xalq sevgan aktyorlardan hisoblanadi. U teatr jamoasida, tashabbuskorligi, toʼgʼri soʼzligi bilan ajralib turadi. Xar bir ishga vijdonan yondoshadi. Turmushdagi kamtar. Birovlarning hurmatini joyiga qoʼyadi. U Milliy teatr ijodiy hayotida muhim rol oʼynaydigan sanʼatkorlardan.

Оставьте комментарий