Abduvali Qutbiddin (1960–2019)

DO`STLARGA ULASHING:

Abduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻildi. Ota-onasi asli toshkentlik boʻlib, Shayxontohur mahallasidan, Xoʻja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi.
Abduvali Qarshidagi oʻrta maktabda tahsil oldi.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1978–1983), ilm-hofiza koʻlamini, tafakkur hadlarini jahon tamadduni taʼsirida kengaytirdi. Mehnat faoliyatini Samarqand viloyatining “Zarafshon” gazetasida boshlab (1983–1985), keyinchalik Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Yozuvchi” nashriyotida, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, “Xalq soʻzi” gazetasida turli lavozimlarda xizmat qildi.
Shoirning “Nayson” (1988), “Humo” (1989), “Baxtli yoʻl” (1991) “Bor” (saylanma, 2011) kabi sheʼriy toʻplamlari, “Ozodlik” nomli dostoni chop etildi. Abduvali Qutbiddin sheʼrlari sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Uning “Baxtli yoʻl” toʻplamiga kirgan “Yer qaʼriga”, “Ikki amakimga xat” kabi sheʼrlarida dunyo oʻtkinchi, hamma narsa oʻtadi-ketadi, ammo poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuygʻular qoladi, degan xulosa balqib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist. 2015 yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” tanlovi gʻolibi boʻldi.
Shoir 2019 yil 8 dekabr kuni olamdan oʻtdi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobi asosida tayyorlandi.

16 комментариев к “Abduvali Qutbiddin (1960–2019)”

  1. Уведомление: Guns For Sale Online

  2. Уведомление: click for more

  3. Уведомление: beretta 1301 tactical gen 2

  4. Уведомление: see this page

  5. Уведомление: buy magic mushrooms legal for sale

  6. Уведомление: what age is a cougar for a woman

  7. Уведомление: psychedelic drugs list

  8. Уведомление: trouver plus ici

  9. Уведомление: custom cornhole boards

  10. Уведомление: psychedelic mushroom chocolate bars for sale colorado

  11. Уведомление: Feuilleter

  12. Уведомление: METHAMPHETAMINE CRYSTAL Buy Crystal Meth Online For Sale New South Wales

  13. Уведомление: you can check here

  14. Уведомление: penis prosthetic big penis big prosthetic big dildo erect penis prosthetic

  15. Уведомление: duurzaam spelen

  16. Уведомление: โปรโมชั่น LSM99

Комментарии закрыты.