Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi

DO`STLARGA ULASHING:

Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
XIV    asr   o‘rtalarida    Chingizxon      egallab    olgan   yerlar   uning merosxo‘rlari taxt, hokimiyat uchun o‘zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Mo‘g‘liston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chig‘atoy avlodidan Tug‘luq Temur ko‘tarildi. Tug‘luq Temur dastlabki    davrlardanoq o‘z  yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga birnecha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o‘zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 sha’bon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag‘ay bahodir Qashqadaryo vodiysidagi barlos urug‘ining boshlig‘i bo‘lib, Xoja ilg‘or qishlog‘idan edi. Onasi esa Takina Moh begim bo‘lgan. Amir Muhammad Tarag‘ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi bo‘lgan. U o‘z zamonasining obro‘li, e’tiborli, ziyoli o‘ziga to‘q shaxslaridan bo‘lgani uchun Temur yoshligida oilasida yaxshi ta’lim va tarbiya ko‘rgan.
Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullandi. Temur 16-18  yoshida    qilichbozlik,     nayzabozlik  va  shikor qilish san’atini mohirona  egallaydi  va 20  yoshida  esa  abjir  chavandoz bo‘lib yetishadi. Endi u o‘z tengqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi. Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo‘lib, u o‘z atrofiga barlos urug‘idan chiqqan yosh jangchilarni to‘plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug‘luq Temur hech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarlik milliy   g‘urur va  iftixor hissiyoti kuchli bo‘lgan  yosh  Temur  esa  amakisi  hokimlik qilib  turgan yerlarini dushman qo‘liga bermaslik uchun Tug‘luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.
Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik o‘zaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-birto‘g‘ri yo‘l edi. Chunki  Movarounnahr  amirlarining  Tug‘luq  Temurga  qarshi  bosh  ko‘tarib chiqishi mug‘ul  bosqinchilarining  Movarounnahr  yerlarini  yana  bir  bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi. Tug‘luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o‘g‘li Ilyosxo‘jaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxo‘jaga xizmat qilishdan bosh tortib, o‘sha vaqtda Balx hokimi bo‘lib turgan Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Temur o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida mo‘g‘ullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo‘lgan janglarning birida, aniqrog‘i Seyistonda turkmanlarga qarshi bo‘lgan janglarda o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralanib bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.
1363 yilda Tug‘luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo‘lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Lekin   mo‘g‘ul   bosqinchilari  osonlikcha  Movarounnahr yerlarini bermasliklari ma’lum edi. Shu munosabat bilan Amir Temur va Tug‘luq Temur vafotidan so‘ng Movarounnahrdan haydalgan Amir Husaynning birlashgan qo‘shinlari 1365 yilda Ilyosxo‘ja qo‘shinlariga qarshi ittifoqlikda kurash boshlaydilar. Toshkent va Chinoz oralig‘ida bo‘lgan mashhur «loy jangi» ittifoqchilar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli mag‘lubiyat bilan tugaydi.
Ushbu voqealardan so‘ng Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasida dastlabki  ixtilof  boshlanadi.     «Loy   jangi»da    g‘alabaga   erishgan Ilyosxo‘ja uchun Movarounnahrga keng yo‘l ochilgan edi.
      U katta qo‘shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda Samarqanddagi Mavlonzoda va Abu Bakr boshliq sarbadorlar Ilyosxo‘jaga qarshi chiqadilar.    Mahalliy  aholining  vatanparvarlik      namunalarini ko‘rsatib qarshilik qilganliklari tufayli Samarqandni bir oz qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo‘ladilar.
      Movarounnahrda mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alaba haqida xabar eshitgach, Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo‘l olib Samarqand yaqinidagi Konigil  degan  joyda  sarbadorlarning  rahbarlari  bilan  uchrashadilar.  Bu uchrashuvda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo‘li bilan o‘ldiriladi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.
      Bu vaqtga kelib butun Movarounnahr yerlarida o‘zaro urushlardan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol  og‘irlashib  ketgan  edi.  Mana  shunday  bir  vaqtda, mamlakatda o‘zaro urushlarga barham beradigan markazlashgan davlat tizimini barpo etish nihoyatda zarur edi. Buni birinchi bo‘lib anglagan Amir Temur  Amir Husaynga qarshi zimdan kurash olib borib 1370 yilda Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq bo‘ladi.
Vatan  haqida  qayg‘urish,  Vatan  mustaqilligini  tiklash  haqidagi fikrlar shu yillar yuzaga chiqib, Amir Temur Balx shahrida chaqirilgan qurultoyda Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Biroq mamlakatda ahvol og‘ir edi. Movarounnahr hududi hali mo‘g‘ul istilochilaridan  batamom   xalos   bo‘lmagan,  qashshoqlikka      mahkum    etilgan mehnatkash xalq og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi.   Amir Temur taxtga o‘tirgach, birinchi harakatni mamlakatni mo‘g‘ul istilochilaridan ozod qilib, mustaqil  markazlashgan davlatni  barpo  qilishga   qaratdi. Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib qoidalar joriy qildi. 1370 yildayoq Amir Temur Samarqand shahar devorini qurdirishga
kirishadi. Shuningdek, qo‘rg‘on va saroylar binoqildiradi. Bu qurilishlar mo‘g‘ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.

Оставьте комментарий