Antifriz haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Antifriz motorni sovutib tursa nega uning nomi muzlashga qarshi degan tarjimani beradi ?😅

Antifreeze — muzlashga qarshi

Bu so’zni to’g’ridan-to’g’ri tushunish xato ish. Sababi antifriz yoki dvigatelni sovutib turuvchi bu suyuqlik yoz mavsumlarida dvigatelni haddan tashqari qizib ketishini oldini olib tursa, qish mavsumlarida aynan shu dvigatelni muzlab qolishidan ham asrab turadigan maxsus suyuqlikdir.

Havolar soviyotgan bu kunlarda, avtomobilingizning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun antifrizdan foydalanishning ahamiyati ortadi.
💧 Antifrizning Asosiy Vazifalari:
— Sovuq havo sharoitida suvli tizimlar muzlab qolishining oldini olish.
— Dvigatelning optimal ishlash haroratini saqlab turish.
— Zang va korroziyadan himoya qilish.
— Issiqlikni samarali tarzda havoga tarqatish.

❗️Xo’sh qish kunlarida qanday Antifriz tanlash Kerak?
— Sifatli va ishonchli brendni tanlash. Narxining arzonligi sizni qiziqtirmasin muhimi dvigatel uchun mukammal himoya vositasini tanlash
— Antifrizning muzlash nuqtasini va issiq haroratlarga chidamliligini tekshirish.

🔍 Antifrizni Almashtirish muddati:
— Dvigatelning ishlash muddati davomida antifrizning sifati pasayadi, shuning uchun uni ma’lum muddatdan keyin almashtirish kerak.
— Almashtirish muddati avtomobil va antifriz brendiga qarab farqlanishi mumkin. Odatda, 2 yilda bir yoki 40 000-60 000 km’da bir marta almashtirish tavsiya etiladi.

👨‍🔧 Maslahat:
— Antifriz darajasini muntazam tekshiring va zarur bo’lganda to’ldiring.
— Antifriz almashtirish jarayonida ekologik xavfsizlikni ta’minlang va eski antifrizni to’g’ri kelgan joyga to’kib tashlamang.
— Agar antifriz darajasida kutilmaganda pasayish sezilsa, tabiiyki tizimda qandaydir muammo bor. Vaziyatni diagnostika qildirish uchun avtoservisga murojaat qiling.

Antifriz — bu faqat qish fasli uchun emas, balki yil bo’yi avtomobilning ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash uchun zarur komponent. Har doim ishonchli va sifatli antifrizdan foydalangan holda, siz avtomobilingizni juda yaxshi holatda saqlaysiz

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий