Asabiylashganda tinchlantiradigan usullar haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Asabiylashganda tinchlantiradigan usullar haqida

💨#Chuqur nafas oling. Nafas olish qanchalik faolligi past va yuzaki bo‘lsa, hayajonlanish va asabiylashish darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Aksincha, biz qanchalik chuqur nafas olsak, o‘zimizni shunchalik erkin va xotirjam his qilamiz.

🔵#Moviy rang stressdan tezroq chiqib ketishiga yordam beradi.

🏔#Tabiat ovozini tinglang. Miya faolligi tovushlar tabiatiga juda bog‘liq. E’tiborimiz asosan tashqi tomonga yo‘naltirilgan: atrofimizdagi dunyoga doimiy nazar tashlaymiz. Sun’iy tovush esa diqqat markazini ichki tomonga yo‘naltiradi va bu bizni tashvishlanishga majbur qiladi.

🌹#Yoqimli narsani hidlang. Aromaterapiya ilmiy jihatdan shubhali ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, ba’zi bir efir moylarining stress darajalariga ta’siri qayta-qayta isbotlangan. Lavanda, rozmarin hidlari qon bosimi va yurak urishini pasaytiradi.

🧍‍♀️#O‘zingizdan uzoqlashing. Vaziyatni tashqi tomondan ko‘rishga harakat qiling, go‘yo bu siz bilan sodir bo‘lmayapti. Tasavvur qiling, muammolar siznikimas, boshqa birovniki.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek