BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA

DO`STLARGA ULASHING:

BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA
⚡️Savol:
Kasalxonada bepul davolanishi uchun yo‘llanmani (order) qayerdan olinadi?
⚡️Javob:
Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qilishi lozim.
▶️ Mijozlarni tibbiy yordam olishning darajasiga muvofiq tibbiy yordam olish uchun yo‘naltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
👉 qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan ‑ tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalariga yo‘llanma beriladi;
👉 tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan ‑ tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar bo‘linmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga;
👉 viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan ‑ respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek