Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida

DO`STLARGA ULASHING:

Blinchik (quymoq) – qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo ularning barchasi asosida bitta umumiy retsept, ya’ni sutli suyuq xamir yotadi. Tayyor blinchik (quymoq) larni har xil to’ldiruvchi bilan iste’mol qilsa bo’ladi. Bular qatorida: murabbo, tvorog, go’shtli qiyma, eritilgan shokolad, to’g’ralgan meva bo’laklari, xususan, banan keng tarqalgan.

UY SHAROITIDA QUYMOQ TAYYORLASH
Bu maqolada blinchik pishirishning ikki xil usuli, ya’ni sut va qatiq yordamida pishiriladigan retsepti yoritiladi.

BLINCHIK TAYYORLASHNING 1-USULI: SUTLI RETSEPT
Kerak bo’ladigan mahsulotlar:

Sut –  1 litr;
Tuxum – 3 dona;
Oliy navli un – 500-600 gr (suyuq qaymoq holatidagi xamir bo’lishi kerak);
Shakar – 1 osh qoshiq (ta’bga qarab ko’proq yoki kamroq solsa bo’ladi);
Tuz – 1 choy qoshiq to’ldirmasdan;
Iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq;
Sodani o’ldirish uchun sirka yoki limon suvi – 1 osh qoshiq;
Moy.
Tayyorlanishi:

Chuqur idishga sutni solamiz.
Sutga tuxumni chaqamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.
Iste’mol sodasini sirka yoki limon suvi bilan o’ldirib sutli massaga solamiz va aralashtiramiz.
Massaga shakar, tuz va unni solib, yaxshilab tugunchalar qolmagunicha aralashtiramiz. Bunda venchik yoki mikserdan foydalansa yanada yaxshiroq.
Oxirida tayyor xamirga 7-8 osh qoshiq moy solib yaxshilab aralashtiramiz. Moy xamirga solinsa, har safar tovani yog’lash shart bo’lmaydi.
Qizdirilgan tovaga bir cho’michdan suyuq xamirdan solib, uni yumaloq shaklda aylantirib yoyib olamiz va har ikki tomonidan qovurib olamiz.
Blinchik tayyor. Uni xohishga ko’ra iste’mol qilsangiz bo’ladi.

Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida, sirlari, xamiri
Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida, sirlari, xamiri

BLINCHIK TAYYORLASH UCHUN 2-RETSEPT: QATIQ BILAN TAYYORLASH USULI
Kerak bo’ladigan masalliqlar:

Qatiq – 500 litr;
Oliy navli un – 500 gr;
Tuxum – 3ta;
Iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq;
Tuz – 1 choy qoshiq;
Shakar – ta’bga ko’ra;
Qaynoq suv – 1 stakan
Moy.
Tayyorlash jarayoni: bosqichma-bosqich

Qatiq chuqur idishga solinadi va ustiga tuxum, shakar va tuz solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
Qatiqli massaga un solib, tugunchalar qolmaguncha aralashtiriladi. Xamir juda quyuq holatga keladi. Xavotir olmang, shunday bo’lishi kerak.
Bir stakan qaynoq suvga iste’mol sodasini solamiz va aralashtiramiz.
Ushbu suvni quyuq xamir ustidan quyamiz va tezlikda yaxshilab aralashtiramiz. Xamirimiz suyuq qaymoq holatiga keladi.
Shundan so’ng unga moy solamiz va yana bir bor aralashtiramiz.
Qizigan tovada qovurib olamiz.
Quymoqlarimiz tayyor. Ushbu retseptlar bo’yicha tayyorlangan blinchiklar juda ham mayin va serg’ovakli bo’lib pishadi. Yoqimli ishtaha!

P.S Tovaga solingan birinchi xamir (ba’zan ikkinchi va uchinchisi ham) tovaga yopishib, yirtilib ketishi mumkin. Bundan xavotirlanmang. Ko’pincha tova yaxshi qizib, xamirdagi moy bilan yog’lanib olgunicha shunday bo’ladi. Pishirishda davom eting va siz buni albatta uddalaysiz!

19 комментариев к “Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: หนังเอวีซับไทย

  5. Уведомление: hardoffers.com

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: 100 mg thc gummy bears

  8. Уведомление: เงินด่วน

  9. Уведомление: baixar

  10. Уведомление: screenshot block

  11. Уведомление: Alexa Nikolas Gray nazi

  12. Уведомление: passive income ideas

  13. Уведомление: azure belgian milk chocolate

  14. Уведомление: Buy Cambodian Magic Mushrooms USA

  15. Уведомление: debt

  16. Уведомление: recommended you read

  17. Уведомление: online magic mushrooms shop usa

  18. Уведомление: botulinum toxin type a price

  19. Уведомление: ทีเด็ดฟุตบอล

Комментарии закрыты.