Bodom zararli xolesterinlarni yo‘qotish xususiyatiga ega

DO`STLARGA ULASHING:

Pensilvaniya universiteti olimlari muntazam ravishda bodom iste’mol qilish yurak uchun foydali xolesterin miqdorini 19 foizga ko‘paytirishini aniqladi. Bundan tashqari, bodom zararli xolesterinlarning jigarga o‘tishiga va ularni yo‘q qilishga yordam beradi, deb xabar beradi The Hindustan Times nashri.
Tadqiqotda organizmida zararli xolesterin miqdori ko‘p bo‘lgan ikki guruh ko‘ngillilar qatnashdi. Birinchi guruh har kuni 43 grammdan (bir hovuch) bodom, ikkinchi guruh esa bananli keks iste’mol qilib bordi. Ishtirokchilar olti hafta nazorat qilindi, ularning organizmidagi xolesterin miqdori o‘lchab turildi.
Tadqiqot bodom iste’mol qilgan qatnashchilarda foydali xolesterin miqdori 19 foizga ortganini ko‘rsatdi. Shuningdek, normal vazndagi ishtirokchilarda organizmning zararli xolesterinlarni jigarga o‘tkazish jarayoni 6,4 foizga yaxshilangani ma’lum bo‘ldi. Bodom sellyuloza, oqsil, magniy va kaliyga boy. 10 dona bodom mag‘izining energetik qiymati 100 kaloriyaga teng.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/bodom-zararli-xolesterinlarni-yoqotish-xususiyatiga-ega/

Оставьте комментарий