Bolalar poyabzali do’konini ochish biznesi

DO`STLARGA ULASHING:

👟 Bolalar poyabzali do’konini ochish biznesi

— Bolalar poyabzali do’konini inqirozga uchrashi qiyin bo’lgan biznes deb atash mumkin. Chunki bolalarga pul sarflash kerak bo’lsa ota-ona pul tejash degan narsani unutadi va mamlakat iqtisodiyotida har xil chalkashliklarga qaramay, bolalar poyabzaliga bo’lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda.

#Boshlanģich_xarajatlar:
– Joy ijarasi — 500$
– Binolarni ta’mirlash — 250$
– Savdo uskunalari to’plami — 2000$
– Reklama — 300$
– Biznesni ro’yxatdan o’tkazish, ruxsatnomalarni olish — 150$
– Tovar sotib olish — 5000$
– Kutilmagan xarajatlar — 200$

Jami: ~ 8400$ boshlang’ich sarmoya kiritish kerak.

#Oylik_xarajatlar:
– Ijara haqi — 500$
– Reklama — 150$
– Kommunal to’lovlar — 50$
– Amortizatsiya — 40$
– Ishchilarga maosh — 1000$
– Soliqlar — 300$
– Boshqa xarajatlar — 150$

Jami: ~ 2190$ oylik xarajatlar mavjud.

— Oylik daromad 4000$ ni tashkil etsa, sof foyda 1800$ bo’ladi. Sarmoyalar esa 5-6 oyda qoplanishi kutiladi.