Bolaning so‘lagi oqsa gijjaga tekshirish kerakmi?

DO`STLARGA ULASHING:

❓Bolaning so‘lagi oqsa gijjaga tekshirish kerakmi?

👶Bolalarda so‘lak oqishi gijja(askaridoz) kasalligi belgisi bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun qon yoki ertalabki najasni laborator tekshirish kerak bo‘ladi.

👨‍⚕Gijja kasalligi tasdiqlangandan so‘ng gelmintolog yoki pediatr ko‘rigi olib borib, davolash maqsadga muofiq. Chunki gijja kasalligi anemiyaga sabab bo‘ladi, bu esa boshqa oqibatlarni yuzaga chiqarishi mumkin.

👨‍👩‍👦Gijja kasalliklari ko‘pincha yurishni boshlagan bolalarda va bog‘chaga boradigan bolalar orasida ko‘p uchraydi. Kasallikni oldini olishning yagona usuli bu — shaxsiy gigiyena rioya qilish va bolani shunga o‘rgatishdir.

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий