Bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi sababi nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Bosh aylanishi va ko‘ngil aynishiga olib keluvchi omillar bir qancha. Maqolada sistematik (doimiy) tarzda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va xolsizlikni qaytalanib turishi odam organizmida qaydadir jiddiy muammolarga zamin yaratilayotganiga ishora qiladi. Bunday paytlarda albatta terapevtga murojaat qilish va tashxisingizni aniqlab olish tavsiya etiladi. Bu kasalliklar quyidagilar:
• Bo‘yin osteoxondrozi – bosh aylanishi va ko‘ngil aynishini eng asosiy sababchisi.
• Umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi va bosh miya travmalari
• Insult – bosh miyaga qon quyilishi bosh aylanishi bilan birga qisqa muddatli ko‘ruvni buzilishiga, xarakat koordinatsiyasini buzilishi va xolsizlikka olib keladi.
• Ushbu shikoyatlar migren bilan kechganda bosh miya o‘smasiga gumon qilish mumkin.
• Ateroskleroz va shu kabi boshqa qon tomir tizimi patologiyalari bosh aylanishiga sabab bo‘ladi.
• Klimaks, xomiladorlik va xayz ko‘rish davridagi ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi normal xolat xisoblanadi.
• Kuchli stress, parxez saqlash, kamqonlik va keksalik xam yuqoridagi belgilarga sabab bo‘ladi.
• Qon bosimini pasayishi va yoki ortib ketishi ko‘ngil aynishi, qayt qilish va kuchli bosh og‘rig‘i bilan kechadi.
Bosh aylanishi va ko‘ngil aynishini keltirib chiqaruvchi sabablarni xilma-xilligi patsiyentlarga aniq bir tashxisni qo‘yish uchun bir qator tekshiruv usullarini qo‘llashga majbur etadi.
Mutaxassis xuzurida Siz shikoyatlaringizni qaydan kelib chiqqanini, shikastlanish xollari bo‘lganmi-yo‘qmi, zararli odatlaringiz mavjudmi va ish faoliyati turi xaqida ma’lumot berishingiz so‘raladi.
Tibbiy tekshirish usullaridan bosh miyani MRT (magnit rezonans tomografiyasi), usulida tekshirish, turli qon taxlillari, elektroensefalografiya, umrtqa pog‘onasining bo‘yin va boshqa qismlari rentgen tekshiruvi, qon-tomirlarni ultratovushli tekshirish (doppler) usuli qo‘llaniladi.
Kasalligingiz turiga qarab Sizni kardiolog, nevrolog, otolaringolog, travmatolog, narkolog yoki ginekolog davolashi mumkin.

Bosh aylanishi, bo‘shashish va ko‘ngil aynishini profilaktikasi uchun odam turli xil zararli odatlardan saqlashi, jismoniy mashqlar bajarishi, toza xavoda ko‘proq sayr qilishi, turli stress xolatlaridan saqlanishi talab etiladi.

© https://t.me/gepamed_ultra

Оставьте комментарий