CHAQALOQNI QORNI BILAN YOTQIZISH MUHIMLIGINING 3 SABABI

DO`STLARGA ULASHING:

CHAQALOQNI QORNI BILAN YOTQIZISH MUHIMLIGINING 3 SABABI

Bolalar shifokorlari kichkintoylarni qorni bilan yotqizish rivojlanishi uchun zarur ekanini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, aynan mazkur holat bolaning rivojlanishi, salomatligi va harakatlari maromida bo‘lishi uchun ahamiyatli hisoblanar ekan.

🌸Harakatlanish qobiliyatlari yaxshilanadi

Avstraliya universitetidagi olimlarning aniqlashicha, bolani qorin bilan yotqizish uning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Tajribada 4237 bola ishtirok etgan va ularning rivojlanishi bir qancha parametrlar bilan baholangan.

Ma’lum bo‘lishicha, kun davomida yarim soatdan ko‘p qorni bilan yotadigan bolalar harakatlarini yaxshi nazorat qila oladi, faol bo‘ladi. Shuningdek, qorni bilan yotgan bolalar, osmonga qarab yotgan bolalardan ko‘ra tezroq emaklashni o‘rgangan. Psixodiagnostika va psixokorreksiya markazi boshqaruvchisi Tatyana Goryachevaning ta’kidlashiga qaraganda, emaklash uchun qo‘l va oyoq mushaklari ushbu jarayonga tayyor bo‘lishi kerak. Osmonga qarab yotgan bola esa harakatlanmaydi va mushaklari ham harakatlarga tayyor bo‘lmaydi. Shu sabab bola qornidan orqasiga o‘girib olib, o‘tirgan holda sudralishni boshlaydi.

🌸Bosh suyagi to‘g‘ri rivojlanadi

Bolalarda to‘satdan o‘lim sindromini oldini olish uchun ham bolani osmonga qaratib yotqiziladi va bola shu holatda uxlashi kerak bo‘ladi. Ba’zi onalar bu sindromdan shunchalik qo‘rqqanidan, boshqa vaqtda ham bolani qorni bilan yotqizishdan qo‘rqadi. Ammo bola faqat yotadigan bo‘lsa, bosh suyagi yaxshi yoki to‘g‘ri rivojlanmasligi mumkin. Agar ko‘pincha yon boshi bilan yotqiziladigan bo‘lsa, yotgan taraf yassi bo‘lib qolishi mumkin.

Manba©@yosh_onalarga_maslahatlar

Оставьте комментарий