Brauzerlar, nima uchun?…

DO`STLARGA ULASHING:

Tezkor, qulay va ishonchli – brauzerlarning shu kabi yangi foydali imkoniyatlari (funktsiyalari) yordamida internet – serfing foydalanuvchilar uchun yanada oson bo`lishi kerak. Ammo brauzerlar nafaqat yangiroq, balki “shubxali” qilib ham yaratilmoqda. Brauzerlar: qidiruv so`rovnomalarini, shaxsiy komp`yuterda qo`llanilayotgan dasturlar va boshqada ma`lumotlarni o`zlarining serverlariga jo`natishar ekan. Ayniqsa yangi Google Chrome brauzeri, o`zining o`ta “qiziquvchanligi” bilan boshqa brouzerlar orasidan ajralib turadi.

ComputerBild – brauzerlarning, foydalanuvchilardan yashirin holda tarmoqqa qanday ma`lumotlarni jo`natishini tekshirib ko`rdi. Natijada ma`lumotlarning shiddatli oqimi aniqlandi, asosan barchasi ma`lumotlar shifrlangan ko`rinishda jo`natilar ekan. Xaqiqatdan ham shundaymi? Agar shunday bo`lsa, brauzerlar qanday ma`lumotlarni jo`natadi? Nima uchun brauzerlar protsessor, tezkor xotira, qattiq disklar, komp`yuter dasturiy ta`minoti haqidagi ma`lumotlarni, qolaversa komp`yuterni identifikatsiyalash uchun shifrlangan kodni jo`natadilar?
Computer­Bild, Microsoft (Internet Explorer yaratuvchilarining), Mozilla Foundation (Firefox yaratuvchilarining), Google (Chrome ni taklif qiluvchilarining), Apple (Safari ishlab chiqaruvchilarining), Opera Software (Opera mualliflarining) yuqori martabali xodimlaridan, ularning brauzerlari aynan qanday ma`lumotlarni jo`natishi, qancha vaqtdan va qaerga jo`natib turishlari haqida ma`lumot berishlarini so`rashdi. Albatta, bu so`rovga hech qaysi bir brauzer mualliflarining javob bergisi yo`q. Faqatgina Microsoft va Google bu so`rovlarga javob taqdim qilishdi. Shunisi qizziq ki, barcha brauzer mualliflari bir ovozdan olinayotgan ma`lumotlarni suiiste`mol qilmasliklarini takidlab o`tishgan, lekin buni tekshirishning hech ham ilojisi yo`q.
Internet Explorer 8 tasdiqladiki, u Microsoft ga komp`yuteringizning qurilmalari, siz tashrif buyurayotgan saytlar, qidiruv so`rovnomalari, hattoki siz to`ldirayotgan ba`zi bir formalardagi ma`lumotlarni ham jo`natar ekan. Shunga qaramasdan Microsoft Explorer 8 yakuniy versiyasida bir qancha bunday ayg`oqchi funktsiyalarini o`chirib qo`yishga va`da bermoqda.
Google Chrome aynan qanday ma`lumotlarni o`z serveriga jo`natadi? Google brauzeri o`z serveriga to`plagan ma`lumotlarni jo`natadi: brauzer versiyasi raqamini, qidiruv so`rovnomasini, veb sahifalar, noto`g`ri veb adreslar, Windows va DirectX versiyalari, komp`yuterga o`rnatilgan foydalanuvchilar, hamda Google ning boshqa dasturlari haqida ma`lumotlarni jo`natadi. Bunday ma`lumotlar juda tez-tez jo`natib turiladi.
Chrome brauzeri orqali juda ko`p ma`lumotingiz komp`yuterni tark etadi. Agarda Siz bu brauzerdan foydalanadigan bo`lsangiz, albatta brauzer parametrlariga o`zgartirish kiritishingiz kerak bo`ladi.
Natijada hech qaysi bir brauzer kompaniyalari qo`yilgan savolga to`liq va qoniqarli javob berishmadi. Shu sabab, katta o`rgimchak to`rida, komp`yuterimiz va undagi ma`lumotlar xavfsizligi faqat va faqat o`zimizga bog`liq.

20 комментариев к “Brauzerlar, nima uchun?…”

  1. Уведомление: Sex Cam Espion

  2. Уведомление: Sexo Coroa Amadora Flagrada Camera Escondida

  3. Уведомление: buy cz guns USA online

  4. Уведомление: can you sell fake rolex on ebay picture

  5. Уведомление: good cvv vbv

  6. Уведомление: auto transport alaska

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: Investment opportunities

  9. Уведомление: explorer

  10. Уведомление: cbd energy

  11. Уведомление: Magic Mushroom Chocolate Bar

  12. Уведомление: B+ Magic Mushrooms for sale Australia

  13. Уведомление: Residual income opportunities

  14. Уведомление: brians club

  15. Уведомление: 방콕 돈키호테

  16. Уведомление: สล็อต true wallet เว็บตรง 888pg

  17. Уведомление: Nocode test automation tool

  18. Уведомление: สล็อตวอเลท

  19. Уведомление: ทีเด็ดฟุตบอล

  20. Уведомление: read what he said

Комментарии закрыты.