Burak Ozchivit (Kamol Soydere) hayoti, ijodi va biografiyasi (Sevgi iztirobi seriali)

DO`STLARGA ULASHING:

Burak Ozchivit biografiyasi

Turkcha haqiqiy ismi: Burak Ozcivit
Tug’ilgan vaqti: 24 dekabr, 1984-yil (2017-yil, 32 yoshda)
Tug’ilgan joyi: Istambul, Turkiya
Fuqoroligi: Turkiya
Bo’yi: 184 SM (1.84M)
Vazni: 76KG
Kasbi: Aktyor, Model
Karyerasi: 2003—2007 (model)
2006 — hozirda (aktyor)
Mukofoti: Turkiyaning eng zo’r modeli (2003)
IMDb: ID 2704629

Burak Ozchivit hayoti va karyerasi

2003-yildan 2007-yilgacha modellash ishlarida ishladi. 2003 yilda «Turkiyaning eng yaxshi modeli» mukofotiga sazovor bo’ldi. «Marie Claire» hamda «Gloria Magazine» moda jurnallari uchun sur’atga tushdi. 2005 yilda «Dunyoning eng yaxshi modeli» tanlovida ikkinchi o’rinni egalladi.
Lekin yosh yigit har doim filmlarda ishtirok etishni xohlagan va u san’atni o’rganishga qaror qilgan. Burak modellik kariyerasiga parallel ravishda Istanbulda Marmara universiteti hamda tasviriy san’at fakulteti bo’yicha o’qishni tamomlagan. Shu bilan birga, Burak Ozcivit Turkiyada juda ham mashhur bo’lgan, u juda ko’p Evropa markalari bilan hamkorlik qilgan va modellar bozorida eng talabgor model bo’lgan.
2006-yildan buyon u kino va televideniyada rol o’ynaydi. «Muhtesem Yuzy?l» va «Cal?kusu» seriallarida ishtirok etish Ozchivitga jahon mashhurligini keltirdi.
2006-yilda Burak Minus 18 filmida kichik rol ijro etadi va rejissyor nazariga tushadi. Shundan so’ng uning omadi keladi. Burak 2007-yilda Qiynoqqa solingan er / Zoraki Koca filmida rol ijro etadi. Burak Ozchivit ushbu filmda bir badavlat va obro’li oilada o’sgan Umar, oilaning yagona merosxo’ri sifatida muhim rol o’ynaydi. Uning qahramoni osonlik bilan hamma narsani olish uchun ko’nikib qolgan bir boyvachcha yigit bo’ladi. Qimor uni shu xolatga olib keladi: u otasining pullarini yo’qotadi. Ota-onalar o’zlarining o’g’lining xatti-harakatlari bilan bezovtalanib, uni uylashga qaror qilishadi. Otasi biznesmen hamkorining qizi — Aisha ismli yosh, go’zal va kamtarin qizni tanlaydi.
Burakning rollarida ko’p ochilmagan qirralari mavjud edi. Shundan so’ng, uni 2011-yilda Buyuk Asr / Muhtesem Yuz Yil serialiga taklif etishdi. Ushbu serialda Burak qo’mandon Bali og’a rolini ijro etdi. Ushbu serialni butun dunyo sevib tomosha qildi. Burakka esa ushbu rol butun dunyoga tanilishiga turtki bo’ldi. 2015-yilda esa Burak Sevgi iztirobi / Kara Sevda serialida bosh qaxramon Kemal Soydere rolini ijro etdi. Ushbu serial butun internetni larzaga keltirgan turk seriali hisoblanadi. Serialda Kemal oddiy oila farzandi bo’lib, keyinchalik esa muvaffaqqiyati tufayli bir kompaniya boshlig’i bo’lib ketadi. Sevgisi uchun kurashishga Istambulga qaytib keladi.

Burak Ozchivit / Bali Bey (Muhtesem Yuz Yil)
$IMAGE2$

Burak Ozchivit / Kemal Soydere (Kara Sevda / Sevgi iztirobi)
$IMAGE3$

Burak Ozchivitning shaxsiy hayoti
$IMAGE4$

Burak futbol va chiroyli avtomobillarni o’ynashni yaxshi ko’radi. Ingliz tilini yaxshi biladi. 2014-yilda Istanbulda «Balibey Doner» restoranini ochdi. Burak Ozchivit cheksiz qobiliyati va jozibasi bilan muxlislarni hayratga soladi. Yosh turk aktyori va modasi hali turmush qurmaganiga qaramay, jozibali ko’rinishga ega. Biroq so’nggi paytlarda ancha mashxur bo’lgan turk modellaridan biri Jeylan Capa bilan jiddiy munosabatlar mavjud. Burak uzoq vaqt davomida Jeylan Chapa bilan uchrashdi. 2015-yildan boshlab esa Fahriya Evgen bilan taklif etilgan roli tufayli tanishib qolishadi va ishqiy munosabat paydo bo’ladi. Burak Ozchivit Fahriya Evgan bilan 2017-yil 9-martda Germaniyada rasmiy nikohdan o’tishadi. To’y 2017-yil 29-iyun kuni Istanbulda bo’lib o’tdi. To’y Istanbuldagi Bogazici Bogaz?’n?n sohilidagi tarixiy mahallada Said Halim Pashada bo’lib o’tdi.

Rol ijro etgan filmlari va seriallari

2006-yil | Minus 18 | Eksi 18 — Murat

2007-yil | Zo’raki er | Zoraki Koca — Omer O’zpo’lat

2007-yil | Infeksiyalangan | Musallat — Suat

2008—2009-yil | Oilaviy uy | Baba Ocag? — Gyuven

2010-yil | Xiyonat | Ihanet — Amir

2010—2011-yil | Kichik sirlar | Kucuk S?rlar — Chetin Atesho’g’li

2011—2013-yil | Buyuk asr | Muhtesem Yuzy?l — Malkochoglu Bali Bey

2013—2014-yil | Choliqushi — qush qo’shig’i | Cal?kusu — Kamran

2015-yil | Sevgi sen kabi | Ask Sana Benzer — Ali

2015—2017-yil | Sevgi iztirobi | Kara Sevda — Kamol Soydere

2016-yil | Mening akam | Kardesim Benim — Xakan

Internetdagi original profillari

Faceboook / Burak Ozcivit
Twitter / Burak Ozcivit
Instagram / Burak Ozcivit

Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

17 комментариев к “Burak Ozchivit (Kamol Soydere) hayoti, ijodi va biografiyasi (Sevgi iztirobi seriali)”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: dumps shop script cheap

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: เงินด่วน

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: where to buy mushroom online leather

  7. Уведомление: where to buy mushroom chocolate​

  8. Уведомление: screenshot blocker

  9. Уведомление: click site

  10. Уведомление: dispensary near me

  11. Уведомление: สล็อตเว็บตรง แตกง่าย

  12. Уведомление: gmo garlic cookies

  13. Уведомление: cheap B+ Magic Mushrooms online,

  14. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  15. Уведомление: mushroom shop Oregon

  16. Уведомление: ห้องพักชั่วคราว รามอินทรา

  17. Уведомление: Diyala Governorate Sciences

Комментарии закрыты.