Aforizmlar

Ayollar uchun Biografiya Biznes TavsiyalarBoshqa mavzular Darsliklar Davlat Xizmatlari Erkaklar uchun Fotosuratlar Foydali Maslahatlar Hakerlik Sirlari Hikoyalar Internet internet do’konlar Islom Jarimalar narxi Jinsiy tarbiya Kasalliklar Kinoteatr.uz Maqollar Muhim sanalar Narx-Navo O’yinlar kodlari Pazanda Psixologiya Sayohat Sherlar Talaba Texnika Tibbiyot Maskanlari Topishmoqlar Tush tabri VideoDarsYuridik

Herman Hesse hikmatlari

• Ma’nan boy inson omma qarshisida hamisha kuchlidir. • Hayot mudom tahlikali, shu bilan birga, behad go‘zaldir. • Hayotning qarama-qarish ikki qutbini bir-biriga bo‘ysundirish, uning sehrli kuyini qog‘ozga tushirish, ehtimol, menga nasib etmas. Ammo baribir botinimdagi tug‘yonga quloq tutaroq bu ishga qayta va qayta qo‘l uraveraman. Zero, aynan shu urinishlarim sabab men hanuz yashayotirman. • […]

Herman Hesse hikmatlari Читать дальше »

Hikmat yog‘dusi

Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila, Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing. Har ishni boshlagin Alloh nomi-la: “Bismillahir rohmanir rohim…” * * * Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad. Uning hukmidadir osmonu zamin. Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat: “Alhamdulillahi robbil ’alamin…” * * * Borligiga keltir imon, Tog‘u toshlar bunga shohid. Alloh birdir, bunga inon: “Innama ilahun vahid…”

Hikmat yog‘dusi Читать дальше »

Hikmatlar sandig‘i

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar. * * * Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi. Tohir Malik Jon Miltondan: • Kishi o‘ziga biror mashaqqatni olmasa, boshqaninng ko‘nglini ololmaydi. •

Hikmatlar sandig‘i Читать дальше »

Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar

Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so‘rayveribdilar: -Hech narsa qolmadimi? -Yo‘q. -Og‘izga oladigan hech vaqo yo‘qmi? -Yo‘q. -Hech narsa-ya? -Hech narsa… -Rostdanmi?! Xazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini duoga ochdilar: -Allohim, senga hamdu sanolar bo‘lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xonadoniga o‘xshabdi. *** Bir kishi Hasan Basriy (q.s.)

Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar Читать дальше »

Charli Chaplin hikmatlaridan

Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi. Sevilmaganlargina nafratlanadilar. Men siyqasi chiqqan mavzudan qo‘rqmayman. Hayotning o‘zi to‘lasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va o‘lamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qo‘yamiz. Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir. Hech qachon bola bo‘lmaganlar katta ham bo‘lmaydilar. Hamisha

Charli Chaplin hikmatlaridan Читать дальше »

Chjan Chao. “Teran uyqu soyalari” kitobidan

Shaklu shamoyili va mazmuni sodda, ammo ayni shu soddaligi bois maftunkor hikmatlar hayot haqida, do‘stlik, ayol, tabiat, turmush chizgilari, qadimiy xitoy falsafasiga oid naqllar va tushunchalar haqida. Ularning muallifi yozuvchi Chjan Chao 1650 yilda Sin sulolasi davrida Anxuey viloyatida tug‘ilgan. O‘z davrida unchalik mashhur bo‘lmagan bu faylasuf adib o‘z yozuvlaridek sodda hayot kechirgan. Deyarli biron

Chjan Chao. “Teran uyqu soyalari” kitobidan Читать дальше »

Shayx Najmiddin Kubro. «Odob qoidalari» risolasidan

… Dunyoning bir qismini kezib chiqdim, ko‘p ishlarni tajriba qildim, qiyinchiliklarga yo‘liqdim, kishilar bilan suhbat qurdim, ulug‘ ishlarga qadam bosdim, narsa-hodisalarning achchiq-chuchugini totdim, kitoblarga murojaat qildim, olimlar xizmatida bo‘ldim, umrimni dunyo kezish bilan o‘tkazdim, ajoyibotlarni ko‘rdim. Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan

Shayx Najmiddin Kubro. «Odob qoidalari» risolasidan Читать дальше »

Shamsi Tabriziy hikmatlari

• Olim eding, orif bo‘lding. Endi oshiq bo‘lishga majoling bormi? • Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoing ham o‘zgarsin. • Ba’zan ortingga qarab qo‘y: shunda qayerdan kelganingni unutmaysan. • Odamlar sharob ichib sarxush bo‘ladi. Ishq ahli esa ichmay turib mast bo‘ladi. • Oshiqlarga uyqu haromdir. • Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq

Shamsi Tabriziy hikmatlari Читать дальше »

Shukur Xolmirzayev. Ijodkor adolatli bo‘lishi kerak!

Yozuvchi kundaligi matematikning formulalar daftariga o‘xshaydi. * * * Bu o‘tkinchi dunyoda adib degani shaxs bo‘lib qolishi kerak. * * * Mening butun ongli hayotim — ijod bobidagi izlanishlarim — mumkin qadar soddalikka yetishish, asar voqealarining mumkin qadar hayotga va uning tabiiy jarayonlariga o‘xshashligiga, qolaversa, asar g‘oyasi — badiiy niyatning ham ana o‘sha voqea-jarayon tizimidan

Shukur Xolmirzayev. Ijodkor adolatli bo‘lishi kerak! Читать дальше »

Erkin A’zam deydiki…

Yo‘ldagi odamni (yozuvchini) shakllanib bo‘lgan, ya’ni manziliga yetgan deyish mumkinmi, ayting? Hayot uni yo‘nib, toblantirib, chiniqtirib borishi tabiiy hol. Biroq yo‘nilaverib, sip-silliq bo‘lib qolmoqdan saqlanish lozim. Unday odamning qalamidan chiqqan narsalar ham o‘ziga o‘xshab sip-silliq bo‘ladiki, adabiyotga buning sira darkori yo‘q. * * * Adabiyotning bugungi jamiyatdagi o‘rni haqida to‘lib-toshib so‘zlamoq qiyindir-ov. Adabiyot, umuman san’at

Erkin A’zam deydiki… Читать дальше »