Biografiya

Sharof Rashidov (1917–1983)

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. Oʻrta maktabda dastlabki maʼlumotni olgach, 1934 yilda Jizzax pedagogika texnikumida oʻqidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan soʻng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938–1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944–1947 […]

Sharof Rashidov (1917–1983) Читать дальше »

Gʻafur Gʻulom (1903–1966)

Oʻzbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Gʻafur Gʻulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tavallud topdi. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim oldi. U oktyabr toʻntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi,

Gʻafur Gʻulom (1903–1966) Читать дальше »

Hamid Olimjon (1909–1944)

Isteʼdodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlangʻich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923–1926), soʻng pedakademiyada (1926–1931) oʻqidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq sheʼriyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan “Zarafshon” gazetasida chiqa boshladi. Hamid Olimjonning “Koʻklam” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1926 yilda bosilib

Hamid Olimjon (1909–1944) Читать дальше »

Tohir Malik (1946–2019)

Tohir Malik (Tohir Hobilov) 1946 yilning 27 dekabrida ziyoli oilada dunyoga keldi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi. Qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishladi (1966). Harbiy xizmatni oʻtab qaytgach, Respublika radiosida, “Choʻlpon”, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida, “Guliston”,

Tohir Malik (1946–2019) Читать дальше »

Asqad Muxtor (1920–1997)

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir. Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi

Asqad Muxtor (1920–1997) Читать дальше »

Mahmudxoʻja Behbudiy (1875–1919)

Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasidaga Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr oʻzbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat gʻoyasining yalovbardori, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turgʻunlik,

Mahmudxoʻja Behbudiy (1875–1919) Читать дальше »

Isʼhoqxon Toʻra Ibrat (1862-1937)

Milliy uygʻonish davrining yorqin namoyandalaridan biri, maʼrifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Isʼhoqxon Toʻra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Junaydulla xoʻja, onasi Hurbibi otin xat-savodli kishilar boʻlib, maktabdorlik qilishgan. Isʼhoqxon ota-onasi qoʻlida savod chiqarib, keyin turli maktab va madrasalarda oʻqiydi. Qoʻqon madrasasi tahsili (1878-1886) yillari Isʼhoqxon Ibrat

Isʼhoqxon Toʻra Ibrat (1862-1937) Читать дальше »

Muhammad Yusuf (1954–2001)

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat

Muhammad Yusuf (1954–2001) Читать дальше »

Abdulla Oripov (1941–2016)

Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy

Abdulla Oripov (1941–2016) Читать дальше »

Худойберди Тўхтабоев (1932)

Худойберди Тўхтабоевнинг “Таржимаи ҳолимдан лавҳалар”ида шундай ёзилган: “Мен 1932 йилнинг 17 декабрида Фарғона вилоятидаги Катта Тагоб қишлоғида туғилган эканман. Отам Тўхтавой 21 ёшида қулоқ қилинган бўлиб, Тожикистоннинг Чорку деган жойида вафот қилган. Икки йилдан сўнг онам Сорабиби холаси Аширбиби ўлиб, беш боласи етим қолгани сабабли, унинг эри Уста Қодирга турмушга чиққан (қариндошларнинг қарори шундай бўлган) экан.

Худойберди Тўхтабоев (1932) Читать дальше »