Dorixonalarda mavjud bo’lishi zarur bo’lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bo’yicha bosh boshqarmasi dorixonalarda mavjud bo’lishi zarur bo’lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro’yxati loyihasini tayyorladi. Loyiha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorni imzolagandi.
Vazirlik tuzgan ro’yxatda 70ta dori vositalari va 6ta tibbiy buyumlar nomi keltirilgan.
Dorixonalarda mavjud bo’lishi zarur bo’lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro’yxati
Dori vositalar
1. A+B sennozidlar (tabletkalar)
2. Azitromitsin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya)
3. Aktivlangan kumir (tabletkalar)
4. Allapinin yoki Amiodaron (tabletkalar)
5. Albendazol (tabletkalar yoki suspenziya)
6. Alyuminiy va magniy birikmalari (tabletka, yoki kapsulalar, yoki ichish uchun suspenziya)
7. Ambroksol, yoki Bromgeksin, yoki Pertussin, yoki Mukaltin (tabletkalar, yoki sirop, yoki eritma)
8. Aminofillin (tabletkalar)
9. Amlodipin (tabletkalar)
10. Ammiak 10 foizli suvli eritma (eritma)
11. Amoksitsillin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya tayyorlash uchun kukun)
12. Ampitsillin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki ichish uchun suspenziya)
13. Askorbin kislotasi + Rutozid (Askorutin, tabletkalar)
14. Atenolol (tabletkalar)
15. Atsetilsalitsil kislotasi (tabletkalar)
16. Asiklovir (tabletkalar, yoki surtma, yoki krem)
17. Bendazol, yoki Papaverin (tabletkalar yoki suppozitoriylar)
18. Borat kislotasi 3 foizli spirtli eritma (eritma)
19. Valeriana ildizi va ildizpoyasi, yoki Arslonquyruq o’ti, yoki Limon o’ti bargi (nastoyka, yoki o’simlik xom ashyosi, yoki qobiq bilan qoplangan tabletkalar)
20. Vodorod peroksidi 3 foizli eritma (eritma)
21. Glitserin (eritma)
22. Glitsin (tabletkalar)
23. Dala qirqbo’g’imi o’ti yoki Achchiq shuvoq o’ti, yoki Tukli Erva (pol-pola) o’ti (o’simlik xom ashyosi)
24. Diklofenak, yoki Ibuprofen, yoki Meloksikam (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya; surtma, yoki gel, yoki krem)
25. Dorivor Altey, yoki Oddiy Qizilmiya ildizi, yoki Tog’rayxon o’ti (sirop yoki o’simlik xom ashyosi)
26. Drotaverin (tabletkalar)
27. Do’lana mevasi (nastoyka yoki o’simlik xom ashyosi)
28. Indapamid, yoki Gidroxlortiazid, yoki Spironolakton, yoki Furosemid (tabletkalar)
29. Yod 5 foiz spirtli eritma (eritma)
30. Yod + [Kaliya yodid+Glitserol] (Lyugol glitserinli eritma)
31. Ixtammol yoki Degot+Kseroform (surtma)
32. Kaliy yodidi (tabletkalar)
33. Kaltsiy glyukonat (tabletkalar)
34. Kiyik o’ti (o’simlik xom ashyosi)
35. Klotrimazol yoki Nistatin (tabletkalar, yoki krem, yoki surtma)
36. Analgetik-antipiretik (paratsetamol) + antigistamin saqlovchi vosita (xlorfeniramin yoki feniramin yoki tsetirizin) va/yoki alfa-adrenomimetik (fenilefrin) va/yoki vitamin (asokrbin kislotasi) va/yoki kofein saqlovchi majmuaviy preparat (ichish uchun eritma tayyorlash uchun kukun, yoki tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki sirop)
37. Qovoq urug’i (o’simlik xom ashyosi)
38. Loperamid (tabletkalar yoki kapsulalar)
39. Malaxit ko’ki 1 foizli eritma (eritma)
40. Mentol + novokain + anestezin saqlovchi eritma (Menovazin)
41. Metoklopramid (tabletkalar)
42. Metronidazol (tabletkalar)
43. Moychechak gullari yoki Tirnoqgul gullari (o’simlik xom ashyosi)
44. Nafazolin yoki Ksilometazolin (burun tomchilari)
45. Na`matak mevasi (o’simlik xom ashyosi, yoki eruvchan ekstrakt, yoki sirop)
46. Niklozamid (tabletkalar yoki kukun)
47. Omeprazol (kapsulalar)
48. Pankreatin (tabletkalar yoki kapsulalar
49. Paratsetamol (tabletkalar, yoki sirop, yoki suppozitoriylar)
50. Pentoeritril tetranitrat (Erinit) yoki Nitroglitserin (tabletkalar)
51. Ranitidin (tabletkalar)
52. Salitsil kislotasi (eritma)
53. Sulfametoksazol + trimetoprim (tabletkalar yoki suspenziya)
54. Sulfatsetamid (Sulfatsil natriy), yoki Xloramfenikol, yoki Tsiprofloksatsin (ko’z tomchilari)
55. Taurin (ko’z tomchilari)
56. Temir birikmalari (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki sirop)
57. Tetrasiklin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki surtma)
58. Teshik dalachoy o’ti (o’simlik xom ashyosi)
59. Trimetazidim (tabletkalar)
60. O’t haydovchi yig’ma yoki Xolosas (o’simlik xom ashyosi / eritma)
61. Flukonazol (kapsulalar)
62. Xloramfenikol (tabletkalar yoki kapsulalar)
63. Tsetirizin yoki Loratadin (tabletkalar, yoki tomchilar, yoki sirop)
64. Tsinnarizin yoki Piratsetam (tabletkalar yoki kapsulalar)
65. Tsiprofloksatsin yoki Levofloksatsin yoki Ofloksatsin (tabletkalar)
66. Tsitramon (tabletkalar)
67. Enalapril (tabletkalar)
68. Ergokaltsiferol (eritma)
69. Essentsial fosfolipidlar, yoki fosfolipidlar (kapsulalar)
70. Etil spirti 70 foiz (eritma)
Tibbiy buyumlar
71. Shpritslar (bir marotaba ishlatiladigan)
72. Infuzion sistemalar (bir marotaba ishlatiladigan)
73. Tibbiy paxta (sterillangan yoki sterillanmagan)
74. Bint (sterillangan yoki sterillanmagan)
75. Doka (tibbiy)
76. Tibbiy qo’lqop (sterillangan yoki sterillanmagan)
Izoh:
*O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan va dorixona assortimentida bo’lishi majburiy bo’lgan dori vositalariga ushbu ro’yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta`sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo’lgan dori vositalari ham kiradi.
Mazkur ro’yxat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasi, “O’zfarmsanoat” DAK va “Dori-Darmon” AK bilan kelishilgan.
Manba:Kun.uz

Оставьте комментарий