DTM test sinovi uchun to‘lovni qanday to‘lash mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

✅Bu juda ham osonligi, istalgan bank yoki elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkinligini Xushnudbek Xudoyberdiyev tushuntirib berdi.

my.dtm.uz yoki my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin, o‘zingiz xohlagan 5 tagacha yo‘nalishni tanlaysiz. Shunda siz uchun avtomatik ravishda invoys chek yaratiladi (1-rasmga qarang). Va siz quyidagi 2 ta usul orqali to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi:

1) Bank orqali. O‘sha chekni printer orqali chop etib, istalgan bank kassalariga borgan holda, to‘lov qilish;

2) Elektron to‘lov tizimlari orqali. Maxsus ilovani ochib, to‘lovlar qismida Davlat test markazini qidirib topasiz (odatda «Davlat xizmatlari» kategoriyasida bo‘ladi). Chekda ko‘rsatilgan 14 ta raqamdan iborat invoys raqamni kiritasiz. Shunda Sizning ism-familiyangiz chiqib keladi. Va to‘lovni amalga oshirasiz. Odatda 1% (1 225 so‘m) komissiya ushlab qoladi.