Erkak kishining yolg‘on gapirayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Sog‘lom munosabatlarning bosh omillaridan biri — bu ishonch. Lekin ayrim erkaklar bundan ustamonlik bilan foydalanib, yolg‘onlarni to‘qishadi. Qanday qilib erkak kishining yolg‘onini fosh qilsa bo‘ladi? Biz uning yolg‘onlarini suvning yuzasiga chiqarishga yordam beradigan 5 ta ayyorlikni topdik
Arzimagan narsalarda ham yolg‘on gapiradi
Aldashni eplaydigan erkakning (bundaylar juda ham ko‘p) yolg‘onini fosh qilish qiyin. Shubhasiz, u sening oldinga bironta ham qiz bo‘lmagan va o‘z mahoratini oshiradigan joydan kelmagan. Sengacha uning hayotida erkakning yuragiga ishonadigan chiroylikkina qizlar ko‘p bo‘lgan. Uning fikri bo’yicha yolg‘on gapirish qo‘lidan osonlikcha keladi va buning oqibati haqida o‘ylamaydi.
Agar bunday aldoqchi er ishdan kechki soat 19:00 da qaytishini oldindan ogohlantirsa, uning aytgan vaqti soat 22:00 ga to‘g‘ri keladi. Bu yerda shubhali nimadir bor. Balki ishda ushlanib qolgan. Balki do‘sti bilan uchrashib qolgan. Xavotir nimada? Agar u bu haqda ogohlantirib qo‘ysa, xavotirga hojat yo‘q. Bunday erkak sevimli ayolining his-tuyg‘ulariga befarqlik bilan qaraydi, o‘zini amalda erkin his qiladi.
U ma’lumotlarda chalg‘iydi
Doimo kimnidir aldaydigan odam so‘zlaridagi ayrim tafsilotlarni unutadi. Bunday ikir-chikirlar bilan uni so‘zidan tutsa bo‘ladi! To‘g‘ri, bu darhol emas, sal keyinroq bo‘ladi. Agar uning gapi shubha uyg‘otsa, birdaniga bunga e’tibor qaratishga urg‘u bermang. Yaxshisi, bu suhbatga sal keyin bir necha soat yoki bir haftadan keyin qaytganingiz ma’qul. Uning so‘zlarida qandaydir noaniqliklar yoki farqlar yuzaga chiqsa, demak, u aldayapti. Agar bu birgina vaziyat bo‘lmasa, bunday yolg‘onchi sizga kerakmikin?
U muhim masalalarni muhokama qilishga qodir emas
Agar erkakning siz bilan kelgusidagi hayotni, tuyg‘ularni muhokama qilish yoki dam olish kunlaridagi oddiy rejalar haqida gaplashish uchun doimo uning kayfiyati bo‘lavermasa yoki boshi, qo‘li, yana qayeridir bezovta qilaversachi… Demak, bilingki, bularning bari munosabatlarni davom ettirishga qiziqmayotganini bildiradi. Agar erkakka ayolni qadrli bo‘lmasa, uni aldaydi. Balki u bularni o‘ylamasdan qilar, mayda-chuydalarda aldar, lekin bu albatta sodir bo‘laveradi. Bu bilan u ayolni o‘ziga yaqinlashtirishni istamayotganidan dalolat.
U ta’sir o‘tkazish orqali odamlarni boshqaradi
Agar erkak kishi aldovlariga ayolning ishonmayotganini bilsa, u bor kuchi bilan uni uyaltirishga intila boshlaydi. Bu narsa unga vaqtdan yutishga va ayolning e’tiborini bahslashish manbasidan chalg‘itishga yordam beradi.
Erkak ayolga ta’sir o‘tkazish orqali uni boshqarayotganini tushunish qiyin emas. Misol uchun, u xafa bo‘lgancha: “Sevgilim, sen menga ishonmayapsanmi?” yoki munosabatlarni uzishga sha’ma qilgandek “Agar menga ishonmasang, bu sening muammoing. Yonimda menga ishonadigan ayol bo‘lishi kerak” deydi.
U faollik bilan imo-ishoralar qiladi
Biz boshqa odamlarni aldagan taqdirimizda ham o‘zimizni alday olmaymiz. Agar kishi yolg‘on so‘zlay boshlasa, o‘sha vaqtdagi imo-ishoralar, asabiylashish va qat’iyatsizlik orqali tanamiz bunga aks sado beradi. Ayol — yolg‘onlarni aniqlaydigan detektor emas, lekin ular ba’zi bir narsalarni ko‘rishga qodirlar. Masalan, erkak qo‘llarini ko‘krak ustiga qovushtirsa, bu bilan o‘zini himoya qilish usulini tanlagan bo‘ladi. U burun uchini qichishi mumkin. Sababi, yolg‘on gapirish vaqtida asablar qo‘zg‘aladi, burunda esa asab tolalari ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, qon bosimi ko‘tariladi, dimiqish sezilib, harorat ortadi. U issiqni bahona qilib tugmani yechishga yoki maykani to‘g‘rilashga tushadi. Aldanib qolmang!

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

Оставьте комментарий