G‘amgin bo‘lmang! 18+

DO`STLARGA ULASHING:

Quyidagi qoidalar sizni saodatga eltadi:

1.Agar siz bu kun chegarasida yashamas ekansiz, zehningiz tarqoq bo‘lib, har ishda iztirobga tushasiz, g‘am-qayg‘ularingiz ko‘payadi. «Tongga kirsang,tunni kutma,tunga kirsang,tongni kutma».

2.O‘tmish g‘am-g‘ussalarini unuting,o‘tmishdagi ishlar uchun g‘am chekish ahmoqlikdir.

3.Kelajak tashvishini ham hozirdan chekmang. Chunki u g‘ayb olamidir,kelajak kelguniga qadar u haqida o‘ylashni tashlang.

4.Birovlarning tanqidlariga parvo qilmang, solih amallar qilishda sobitqadam bo‘ling. Tanqid sizning qiymatingizni baholaydi.

5.Allohga iymon keltirish, solih amal qilish go‘zal, baxtli hayot garovidir.

6.Osoyishtalik, xotirjamlik va rohatni istagan kishi Allohni ko‘p eslasin.

7.O‘zgalardan minnatdorchilik kutmang.

8.Nafsingizni eng yomon oqibatlar ehtimolini ham ko‘tara olishga o‘rgating.

9.Balki o‘sha ish sodir bo‘lsa, uning ortida siz uchun yaxshilik bordir.

10.Qazoning barchasi musulmon uchun yaxshilikdir.

11.Rabbingiz sizga ato etgan nematlar haqida fikr qiling va unga shukr qiling.

12.Siz o‘zingizga berilgan imkoniyatlar bilan odamlarning ko‘pidan ustun ekaningizni biling.

13.Har ikki soat oraligi‘da farovon hayot bordir.

14.Inson boshiga tushgan musibat uni duo qilishga, Parvardigoriga bo‘g‘lanishga undaydi.

15.Musibatlar aql va qalbning malhamidir.

16.Albatta qiyinchilik ortidan yengillik ham bor.

17.Arzimas sinovlarga ruhiyatingiz sinib, taslim bo‘lib qolmang.

18.Parvardigoringizning mag‘firati kengdir.

19.G‘azablanmang! Hech qachon g‘azablanmang.

20.Musibat egalaridan ibrat oling.

21.Alloh taolo kimni yaxshi ko‘rsa ,uni imtihonlari bilan sinaydi.

22.G‘am-qayg’uni arituvchi vird va duolarni ko‘p takrorlab yuring.

23.Kerakli va foydali amallar bilan mashg‘ul bo‘ling ,bekorchilikni tark eting.

24.Har xil ig‘voyu mish-mishlardan yiroq bo‘ling, asossiz va dalilsiz hech qachon ularga ishonmang.

25.Adovatga o‘ch olishga bo‘lgan tashnalik dushmaningizdan ko‘ra o‘zingizning sog‘ligingizga zarardir.

Kamola Ismoilova

pmt.uz

Оставьте комментарий