Geptral haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Geptral

📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
Liofillangan kukunli 1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 760 mg ademetionin 1,4-butandisulfonatini saqlaydi, bu 400 mg ademetionin kationiga to‘g‘ri keladi;
Yordamchi moddalar: erituvchili 1 ampula L-lizin, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
ademetionin

📝 Preparatning savdo nomi:
Geptral

🧬 Farmakalogik guruhi:
ovqat hazm qilish tizimi va metabolizm jarayonlariga ta’sir qiluvchi vositalar.

💉 Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun.

🧪 Ta’rifi:
liofillangan kukun – amalda oqdan sariq rangligacha bo‘lgan, begona zarrachalardan holi liofillangan massa; erituvchi – rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, begona zarrachalardan holi suyuqlik; tayyorlangan eritma – tiniq, begona zarrachalardan holi, rangsizdan to sariq rangligacha bo‘lgan suyuqlik.

👉 Qoʻllanilishi:
– Kattalardagi jigar ichki xolestazi, shu jumladan turli etiologiyali surunkali gepatiti va jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda; – homiladorlardagi jigar ichki xolestazi; – depressiv sindromlar.

Оставьте комментарий