Gulnara Djumanazarova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Gulnara Djumanazarova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTRISАSI
Djumanazarov Gulnaraga 1988 yil Rossiyada tugʼilgan. Mukofotlanmagan. Milliy teatrda 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. G.Djumanazarova oʼz ijodiy faoliyati davomida 20 ga yaqin spektakllarda turfa obrazlar yaratdi. G.Djumanazarova teatrda sahnalashtirilgan «Rustam”da Qumra, «Taxno yulduz”da Sayyora, «Sehrli quduq”da Nazokat, «Omon boʼlgin, azizim”da Kora «Uyqusiz kecha”da Dilbar, «Tili asalim”da Qiz, «Mexru muxabbatli sakkiz ayol”da Katrin, «Imkon”da Аdolat, «Oydin”da Charos, «Ogoh boʼling, odamlar”da Oynisa, «Senga bir gap aytaman”da Oysuluv, «Omonat dunyo”da Hamshira, «Bir qanotlilar”da Gulya, «Halala”da Zaxro, «Oʼtkan kunlar”da Zaynab, «Tanho yulduzim”da Laylo, «Tong otgan taraflarda”da Oyyorugʼ, «Taqdir sinovlari”da Zemfira, «Oʼzbekcha raqs”da Qumri chevar, «Oltin kalitcha”da Аlisa, «Qorboboni qutqariing”da Malika, «Qumda sevgi jilolari”da Pari, «Gʼaroyib sarguzasht”da Zolushka, «Imon”da Ozoda kabi qator rollar ijro etib keladi. U kino, videofilьm va milliy seriallarda ham 10 ga yaqin rollar ijro etib, oʼz muhlislariga ega boʼldi. Jumladan «Koʼrgim keladi”, «Farzandim”, «Qadamlar”, «Voydod”, «Vijdon”, «Hayot pillapoyalari”, «Burch va muhabbat”, «Hayotda”, «Shunqorlar” kabi filьmlar hamda seriallarda rol ijro etib tomoshabinlar mexriga sazovor boʼlib kelmoqda. G.Djumanazrova dublyaj sanʼatida ham faol ijod qilib koʼplab kinofilьm, multьfilm va seriallarga ovoz berib kelmoqda. G.Djumanazrova Davlat bayramlarida hamda respublikamiz boʼylab oʼtkaziladigan koʼplab madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar va gastrolь safarlarining doimiy ishtirokchisi. Ishga oʼz vaqtida keladi. Unga berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida bajaradi. Jamoat ishlarda faol ishtirok etadi. Naʼmunali xulq atvoriga ega.

Оставьте комментарий