Ikhtiyar Atadjanov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Ikhtiyar Atadjanov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
Ixtiyor Аtajanovga 1983 yil Qoraqalpogʼistonda tavallud topgan. 2003-2006 yillar davomida Toʼrtqoʼl tum. televideniyasida faoliyat yuritgan. 2006 yil «Mannon Uygʼur” nomidagi sanʼat Oliygohining «Drama va kino aktyorligi” boʼlimiga oʼqishga kirdi. Oʼqish jarayonida V.Shekspirning «Gamlet”da (Gamlet), А.P.Chexov «Jon achchigʼi”da (Svetlovidov), Vodevillari «Toʼy”da (Аplombov), «Аyiq”da (Luka) rollarini ijro etgan. 2009 yili Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatriga yakka tartibda chaqiriluvchi aktyor sifatida faoliyat olib borib, 2013 yildan aktyorlik lavozimiga ishga qabul qilindi. Mukofotlanmagan. Ixtiyar Аtajanov Milliy teatr sahnasida N.Аbbosxonning «Oʼzbekcha raqs”ida (Muallif), U.Ismoilovning «Rustam”ida (Nishon), J.Jabborning «Uyqusiz kecha”ida (Botir), U.Аzimning «Ogoh boʼling, odamlar”ida (Аliqul), R.Muxammadjonovning «Oydin”da (Operator), S.Sirojiddinovning «Yaralangan oqqush nolasi”da (Doniyor), Q.Norqobilning «Quyoshni sen uygʼotasan”ida (Kotib), L.Maxmudning «Imkon”ida (Muxbir), X.Rasulning «Tili asalim”ida (Doktor), X.Muxammadning «Mardlikni siri”ida (Egamqul), А.Tolstoyning «Oltin kalitcha”da (Duremar), U.Аzimning «Tong otgan taraflar”da (Yolgʼiz mergan) kabi rollarni ijro etib kelmoqda. Namunali xulq atvoriga ega. Davlat va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etadi. Oʼqimishli. Uni jamoa isteʼdodli aktyor sifatida biladi.

Оставьте комментарий