Hamid Olimjon tavalludga bag’ishlangan tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Hamid Olimjon tavalludining 100 yilligi
        “Bu bo’ston sahnida  gul ko’p , chaman ko’p ”  — degan edi  alloma shoirlarimizdan biri . Haqiqatdan ham bugungi  o’zbek sh’eriyatini baxt va shodlik kuychisi , serqirra shoir Hamid Olimjon ijodisiz tasavvur etish qiyin .
   Hamid Olimjon  o’ziga xos ovozi , betakror she’riyati ,  o’lmas asarlari bilan xalqimiz qalbidan  chuqur joy olgan  beqiyos ijod sohibidir .
    Shu kunlarda ulkan  shoir  Hamid Olimjon haqida juda ajoyib  qimmatli fikrlar aytilib , adib tavalludining 100 yilligi   respublikamiz bo’ylab keng  nishonlanmoqda .
     Yuksak iste’dod egasi Hamid Olimjonning asarlari  o’zbek adabiyotining o’lmas asarlaridir .  Biz  shoir ijodini  qancha ko’p  mutolaa  qilsak shuncha ko’p zavq-shavq olamiz . Bugun shoirimizning ijod namunalari bo’yicha  VIII sinf o’quvchilari  kichkina tadbir tayyorlashgan . Tadbirimizga ishtirok etayotgan ustozlar va she’riyat ixlosmandlariga  tashakkurlar aytamiz va so’zni o’quvchilarimizga beramiz .
     Boshlovchi :
 Gul ochilar bahor chog’ida
Va to’lishar ona bog’ida ,
Ona sevmas , farzand topilmas .
Farzand yo’qdir onani sevmas ,
Farzand guldir , ona bir bo’ston .
Shuning uchun jahon  guliston
Hamid Olimjon hayoti va ijodi bo’yicha ma’lumotlar  beriladi .
Boshlovchi :
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib  gulladi .
Novdalarni bezab g’unchalar  ,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini
Har bahor ham shu bo’lar takror ,
Har bahor ham shunday o’tadi .
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni tashlab ketadi .
Navbatni ushbu she’r orqali aytiladigan qo’shiqqa beramiz :
Boshlovchi :
Rozimasman bir yosh tomsa ko’zimdan
Rozimasman  sal rang ketsa yuzimdan
Yo’l oshsam-u sal yashashdan adashsam
Rozimasman  unda tamom o’zimdan
Boshlovchi :
       Navbatni yana shoir hayoti va faoliyatini  ko’rsatuvchi ma’lumotlarga
       beramiz .
Boshlovchi :
Hamdam bo’lding men bilan ,
Har qandayin kunlarda
Yulduz bo’lding charog’on
Eng qorong’u tunlarda
Suhbat qurdik goh shodon
goho hazin  unlarda
eng oily baxtim mening
onajonim she’riyat
topgan toj-toatim mening
jonajonim she’riyat
Navbatni  shoir she’rlaridan tuzilgan bahribaytga beramiz
Boshlovchi :
Sevgi desam faqat sen desam ,
Sening bilan yashasa qalbim
Sen desamu butun dunyoning
Sevishiga quloq solsam jim
Hamid  Olimjonning “Zaynab va Omon ” dostonidan sahna ko’rinishi .
Boshlovchi : 
      Hamid Olimjonning she’rlari  musiqiyligi ,  o’ynoqiligi ,  ravonligi bilan ajralib turadi . Uning “O’zbekiston ” , “O’rik gullaganda ” , “Xolbuki but un ” , “Kuygay ” , “Sevgi ”  singari o’nlab she’rlari , “Zaynam va Omon ”  dostoni , “Oygul bilan Bahtiyor “ , “Semurug’ ”  ertagi badiiy latofati bilan o’quvchilarning   mehrini qozongan .
   Shoir  mumtoz adabiyotda ham o’z ijodini sinab ko’rib chiroyli  g’azallar yoza oldi.
 Na  bo’lgay bir nafas men ham yanoging uzra  xol  bo’lsam ,
Labing yaprog’idan  tomgan ki go’yo qatra bol bo’lsam
Butog’ingga qo’nib  bulbul kabi xonish qilib tunlar
O’pib g’unchangni ochmoqlikka tong chog’I shamol bo’lsam
Bo’yingni tarqatib olamni qilsam masti mustag’riq
O’zimning san’atimga so’ng o’zim hayratda lol bo’lsam
Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg’iz
O’zimni ham topolmay mayliga oxir xayol bo’lsam
Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga
Fido jonimni qildim yo’lingga , mayli uvol bo’lsam
Boshlovchi :
            Raqs  VIII – sinf  qizlari ijrosida tomosha qiling
Boshlovchi :
 
       Shuning bilan baxt va shodlik kuychisi  Hamid Olimjon  tavalludining
       100 yilligiga  bag’ishlab  o’tkazilgan  tadbirimiz nihoyasiga yetdi .
      Tadbir so’ngida so’zni maktabimiz  ma’naviyat va ma’rifat  ishlari
      bo’yicha director o’rinbosari  Nurillayeva Fotima opaga beramiz .

Оставьте комментарий