Ichaklar ishini nimalar buzishi mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Ichaklar ishini nimalar buzishi mumkin?

1. Kam harakatli turmush tarzi, uzoq vaqt o‘tirib ishlash — tos a’zolarida qon aylanishini buzilishiga, bu esa bavosir (gemoroy) rivojlanishiga olib keladi.
2. Ortiqcha ovqatlanish — oshqozon-ichak trakti katta miqdordagi ovqatni to‘liq hazm qila olmaydi.
3. Turli xil diyetalarni doimiy qo‘llash. Uzoq muddatli diyeta yoki kam ovqatlanish safro turg‘unligiga olib keladi va «dangasa ichak» sindromi rivojlanadi.

Agar ichaklar ishi buzilsa, bir qator salbiy holatlar paydo bo‘lishi mumkin, jumladan:
— uyquni buzilishi;
— ishtahaning pasayishi;
— quvvatni yo‘qotish;
— uzoq vaqt axlatni chiqmasligi intoksikatsiyaga olib keladi;
— kayfiyatni yomonlashishi;
— immunitetni susayishi.

Yechim!
1. Har 60 daqiqada turib, chigalyozdi mashqlar qilish.
2. Taomni sekin chaynash, me’yorni bilish.

@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий