Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Adandan joy topilsa to’rga o’tma.

Azlarning ko’ngli qurtova tilar.

Amal yetdi ko’rga,
Yugurib o’tdi to’rga.

Amal o’zdirar,
Amalga mag’rur bo’lsang, to’zdirar.

Amal tegdi hunduga,
Boshini suqdi mo’nduga.

Amal tegsa nodonga,
O’zini urar har yonga.

Arg’umog’im jirtak otdi,
Loyni ko’rib tappa yotdi.

Baq-baq etgan takani
Yomg’ir yoqqanda ko’r.

Shaq-shaq etgan kelinni
Sigir soqqanda ko’r.

Baq-baq etgan takani
Qor bosganda ko’r.

Manman degan yigitni
Yov bosganda ko’r.

Baqiroq sigir sutsiz bo’lar.

Bilgan kishi bildim demas,
Bildim desa, bilgan emas.

Bilmaganni bildim dema,
Qilmaganni qildim dema.

Bir ko’zi ko’r,
Haybati zo’r.

Bir oshganga bir toshgan.

Birni bilgan birni bilmas.

Birov bilganini maqtar,
Birov — ko’rganini.

Boyib ketsang bo’kirma,
Yo’l yurganda so’kinma.

Bor bo’lsang, oshma,
Yo’q bo’lsang, shoshma.

Borlikda maqtanma,
Yo’qlikda qayg’urma.

Boshing osmonga yetsa ham
Yerga qarab yur.

Boqqaning ikki echki,
O’shqirganing yer tebratar.

Bo’sh tegirmon guldirar.

Gavdasiga mag’rur tuya
Muchalga kirmay qolibdi.

Gapni katta gapirma,
Nonni katta tishlama.

Davlat bitsa yomonga
O’zin sanar xoqonga.

Daraxt qancha baland bo’lsa ham,
Mevasi quyida bo’ladi.

Dahsar — tariq, sesar — hayqiriq.

Dong tortganning to’yini ko’r,
Mang urganning uyini ko’r.

Do’stingga sir ayt,
Manmanlikdan qayt.

Yerni suv buzar,
Odamni — pul.

Yomg’ir o’zin sel sanar,
Ko’lmak o’zin — ko’l.

Yonida bir puli yo’q,
Tuyaning tishini ko’rar.

Yonida bir puli yo’q,
Qiz saylaydi boyvachcha.

Yonida bir puli yo’q,
G’irvonga hokim.

Yog’ yonar pilik bahona.

Jangal o’zini bog’ sanar.

Jom qozonning toti chiqar,
Maqtanchoqning — moti.

It uyasida o’zini yo’lbars sanar.

It qutursa, egasini qopar,
Chumchuq qutursa, buigutga chopar.

Itning ajali yetsa, mehrobga o’tirar.

Ichgani oshi yo’q,
Itining oti «Boytevat».

Ish boshlaganda maqtanma,
Ish bitganda maqtan.

Ishni Ismat qiladi,
Lofni Toshmat uradi.

Ishni qiladi asbob,
Egasi uradi lof.

Yirtiq og’iz tirtiq og’izga kular.

Yo’l ko’rgan ot yo’lga sig’mas.

Yo’q narsa bor bo’lar, kamtar bo’lsang,
Bor narsa yo’q bo’lar, manman bo’lsang.

Kal tegdi, ko’r noz qildi.

Kalning nimasi bor,
Temir tarog’i.
Ko’rning nimasi bor
Eski tayog’i.

Kamlikning kamoli bor.

Kamtar bo’lding — gavhar bo’lding.

Kamtar bo’lsang, obro’ ortar,
Manman bo’lsang, ensa qotar.

Kamtar bo’lsang, osh ko’p,
Manman bo’lsang, tosh ko’p.

Kamtar yetar murodga,
Manman qolar uyatga.

Kamtar kamolga yetar,
Besabr oyoqdan yitar.

Kamtar kerilmaydi,
Mol-dunyoga berilmaydi.

Kamtarga — kamol,
Manmanga — zavol.

Kamtarga egil,
Manmanga keril.

Kamtarlik — katta davlat.

Kamtarlik ko’kka ko’tarar,
Manmanlik yerga kiritar.

Katta yesang ham, katta gapirma.

Kekkayganga kekkaygin,
Boshing ko’kka yetguncha.
Egilganga egilgin,
Boshing yerga tekkuncha.

Kekkayganga kekaygin,
Enkayganga enkaygin.

Kekkayish terakka yarashar.

Kelinni kelar yilda ko’r.

Kelinni kelganda ko’r,
Sepini yoyganda ko’r.

Kerilgan ko’chaga sig’mas.

Kerilganning to’yiga bor,
Maqtanganning — uyiga.

Kerilma g’oz,
Hunaring oz.

Kishnagan ayg’irning uyurin ko’r,
Chirangan yigitning — uyin.

Kun ko’rmagan kun ko’rsa,
Kunduz chiroq yoqtirar.

Ko’z-ko’z qilma, ko’z tegar,
Maqtanchoqqa so’z tegar.

Ko’kka boqqan yiqilar.

Manmanga — balo, yugurukka — tumor.

Manmanga — zavol, yomonga — ajal.

Manmanlagan xotinni beshikligida sina.

Manmanlik tuqqan onangga ham yoqmas.

Manmanlikni netarsan,
Obro’yingdan ketarsan.

Maqtangan pand yeydi,
Kamtarin qand yeydi.

Maqtangan qiz to’yda buzilar.

Maqtanganning burdi ketar,
Asl niyatiga kamtar yetar.

Maqtanchoq — quruq po’choq.

Mahmadanadan maslahat kutma.

Mevali daraxt yerga engashar,
Mevasiz daraxt ko’kka tirmashar.

Mevasiz daraxt egilmas.

Mevasiz daraxtning boshi — tuman.

Men-men deganning manglayi qora.

Moling ko’p bo’lsa, maqtanma,
Boshing ko’p bo’lsa, to’planma.

Mullaning oldida tilingni tiy,
Ustaning oldida — qo’lingni.

Nomi — ulug’, suprasi — quruq.

Nog’oraning ichi po’k, ovozi — baland.

Oyog’ida xinasi bor
Yerni bosib yurmaydi.

Oldin o’zingga boq,
So’ngra nog’ora qoq.

Oldin o’zingni tuzat,
Keyin birovni kuzat.

Ot ko’rmagan ot ko’rsa,
Otxonada ot chopar.

Ot mingan otasini tanimas,
Toy mingan — og’asini.

Otasiz o’g’ilning og’zi — katta.

Och nima yemas,
To’q nima demas.

Oqsoq tek turmas,
Soqov — jim.

Oqsoqning oxiriga boq,
Maqtanchoqning — ma’rakasiga.

Og’zi bilan o’roq o’rgan,
Oyog’i bilan mashoq terar.

Og’irlikni yer ko’tarar,
Semizlikni qo’y ko’tarar.

Pismiq yotib put ko’tarar,
Shaldir-shuldir ot ko’tarar.

Pishiqman deb kerilma,
Sodda yetar boshingga.

Podachining qizini ko’r,
Ayab bosgan izini ko’r.

Sayoz daryo shovqin oqar,
Chuqur daryo sokin oqar.

Siz turibsiz tikkayib,
Biz turibmiz tikkayib,
Yerga tushgan qamchini
Kim oladi enkayib.

Sirli sandiqning ichi bo’sh.

Sirti yaltiroqning — ichi qaltiroq.

Sichqon sig’mas iniga,
G’alvir bog’lar dumiga.

Sochib maqtanma, yig’ib maqtan.

Soqov ko’p gapirar,
Cho’loq ko’p yugurar.

Suprasida uni yo’q,
Tom boshida qo’sh tandir.

Sutsiz sigir ko’p ma’rar.

So’rab bilgan — kamtarlik,
So’ramagan — xumpariik.

So’qir ko’p ko’rar,
Cho’loq ko’p yurar.

Tevadan so’radilar:
Kasbing nima?
—    Attorlik.

Toza yasovul ko’z chiqarar.

Tovuqning uchgani tomgacha.

Tuya bo’ynim uzun deb, karrakdan quruq qolibdi,

Tug’ilmagan Tilovga tilla beshik.

To’la yo’g’on po’la bo’lar.

To’qol taka suzishda yengilar.

Uyida ishton bicholmagan
Dalada to’n bichar.

Uyida bir osh uni yo’q,
Itining oti — Marjongul.

Uyida yo’q ugralik,
O’zganikida qilar to’ralik.

Uyida umoch kesmagan,
Ko’chada ugra kesar.

Ulug’ bo’lsang kekkayma,
O’z elingga chekchayma.

Ulfating novcha bo’lsa, past bo’l,
Past bo’lsa, xas bo’l.

Ustasi — salmoqchi,
Shogirdi — sayroqchi.

Xashak oqar yuzida,
Qumi qolar tagida.

Chaqimchi yetkazar, maqtanchoq o’ldirar.

Chillasi chiroq ko’rmagan
Mum shamni kamsitar.

Sher qutursa, oyga sapchir.

Shuhratparast — hamisha pastkash.

Shuhratparast el bo’lmas,
Ko’lmak suvdan koi bo’lmas.

El seni aqlli desa,
Sen eldan aql o’rgan.

Erib aytgan eritar,
Kerilib aytgan horitar.

Erim urmaydi dema,
Bolam siymaydi dema.

Eshak maslahatlashib hangramas.

Eshak maqtanib, tulpor bo’lmas,
Qarg’a maqtanib, shunqor bo’lmas.

Eshak hangraydi soyda,
Ma’lum bo’ladi loyda.

Eshakka muguz bitsa,
Ot qornini yorar.

Eshakka muguz bitsa,
Egasini suzar.
Tuyaga qanot bitsa,
Tomingni buzar.

Yuvosh yo’g’onlasa, eshikka sig’mas.

Yurishni bilmasang, sakrashga urinma.

Yantoq o’zini bog’ aylar,
Ahmoq o’zini tog’ aylar.

Yapaloqqush maqtansa,
Jardan quyon oldim der.
Yomon kishi maqtansa,
Yaxshining yoqasidan oldim der.

Yasanchoq mardona bo’lmas,
Kapalak parvona bo’lmas.

Yaxshi epi bilan so’zlar,
Yomon — sepi bilan.

O’zgaga kulguncha, o’zingga kul.

O’zgada nuqson ko’rsang,
O’zingni benuqson dema.

O’zgani bug’doy bilsang,
O’zingni somon bil.

O’zi pasmondaning ko’ngli osmonda.

O’zim bilaman degan o’lar,
Ko’p bilaman degan qular.

O’zim bilaman degan o’rga tushar.

O’zing osmonda bo’lsang ham,
Oyog’ing yerda bo’lsin.

O’zingga qarama, olamga qara.

O’zingni oy bilsang,
O’zgani soy bil.

O’zingni er bilsang,
O’zgani sher bil.

O’zingni o’zing maqtama,
Seni birov maqtasin.

O’zingcha ko’rmasang, ko’zingcha ko’r.

O’zini aka degan
Echkisini taka der.

O’zini maqtagan — o’limning qorovuli.

O’zinikida jinchiroq yoqmagan
Birovnikida shamchiroq yoqar.

O’zinikida qirmoch yegan
Birovnikida quyruq so’rar.

O’zlari — xon,
Ko’lankalari — maydon.

O’lanni to’y ko’tarar,
Semizlikni — qo’y.

O’larmonning joni sabil.

O’rdak yo’q ko’lda loyxo’rak — xon.

O’tgan kuningni unutma,
Xom chorig’ingni quritma.

O’tmas pichoqqa — oltin sop.

O’tmas tesha o’tkir bo’lsa,
Bolta dastasini qirqar.

Qarg’a qanot yozib qarchig’ay bo’lmas.
Qaqillagan xotinni qiz berganda ko’r.

Qizil etiklidan kelmaydi,
Ko’n etikliga bermaydi.

Qizim bor deb kerilma,
Zeb-ziynatga berilma.

Qilishi bitta tuxum-u
Qa-qalashi yurt buzar.

Qora tovuq qaqillaydi,
Oq tovuq shaqillaydi.

Qui yeganini maqtar,
Bachcha — kiyganini.

Qul qutursa, Qo’ng’irotdan top.

Qulni maqtansin desang, olisga sot.

Qulon quduqqa qulasa,
Qulog’ida quibaqa qurillar.

Qurol ishlar, qo’l maqtanar.

Quruq yerdan yel chiqar.

Quruq yog’och egilmas.

Quruq savlatdan quruq savat yaxshi.

Quruqning o’tiga ho’l kuyar.

Quyun o’zin sel sanar,
Qo’rqoq o’zin er sanar.

Quyushqondan ziyod kuchanma.

Qo’rqoqning oti — maqtanchoq.

G’urur — g’urbat,
Kamtarlik — hurmat.

G’urur g’urbatga solar.

Haddidan oshsa kishi,
Maqtanish bo’lar ishi.

Har qush o’z ovozidan xush bo’lar.

11 комментариев к “Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: 셔츠룸

  3. Уведомление: chicaswebcamgratis.com

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: wow slot

  6. Уведомление: brain cvv shop

  7. Уведомление: buy bergara guns

  8. Уведомление: why not look here

  9. Уведомление: when is magic mushroom season uk

  10. Уведомление: Online medicatie kopen zonder recept bij het beste Benu apotheek alternatief in Amsterdam Rotterdam Utrecht Den Haag Eindhoven Groningen Tilburg Almere Breda Nijmegen Noord-Holland Zuid-Holland Noord-Brabant Limburg Zeeland Online medicatie kopen zonder r

  11. Уведомление: superkaya88

Комментарии закрыты.