Mamnunlik va afsuslanish haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Ari chaqdi deb arazlama, boli bor.

Bir minsang ham yo’rg’a min,
Bulkillasin buyraging.

Bir ho’plasang, may ho’pla,
Qilqillasin yuraging.

Bol dedim, baloga qoldim.

Bola, bolaning ishi chala.

Borniki farmon bilan,
Yo’qniki armon bilan.

Bo’luvchiga oz,
Oz ham bo’lsa soz.

Bo’g’izim-bo’g’izim,
Bo’g’izimni bo’g’dim o’zim.

Gapirgandan gapirmagan yaxshiroq,
Gapiruvdim tegdi boshimga tayoq.

Dalada bo’ri ulisa,
Uydagi itning ichi achir.

Dalaning begi bo’lguncha,
Qal’aning iti bo’l.

Dalaning qozisi bo’lguncha,
Shaharning tozisi bo’l.

Darmoni yo’qning armoni ko’p.

Yeganim og’zimda yo’q,
Kiyganim — egnimda.

Yerda turib o’kinma,
Tomga chiqib so’kinma.

Yetdim dedim — yiqildim,
Boidim dedim — bo’lindim.

Yomon kunning o’tgani ham — davlat.

Intizorlikning oshi — shirin.

Isimadim olovingga,
Ko’r bo’ldim tutuningga.

It yalog’ini yalamasa, ko’ngli to’lmas.

Ich og’risa o’zingdan,
Gina qilgin ko’zingdan.

Keyingi pushaymon — o’zingga dushman.

Kengashib kesgan qo’l og’rimas.

Ko’ngilsiz erdan ko’ngilli qui yaxshi.

Ko’rgan oshning kuyugi yomon.

Lo’li eshagini maqtar,
Gadoy — to’rvasini.

Minmasang ham, ot yaxshi,
Quchmasang ham, qiz yaxshi.

Minnatli osh tatimas.

Nodonga aytgan esiz so’zim,
O’likka yig’lagan esiz ko’zim.

Oz bo’lsin-u soz bo’lsin.

Ola ishga o’rin yo’q,
Rosa ishdan ko’ngil to’q.

Olma yeb og’riguncha,
O’rik yeb o’lgan yaxshi.

Oltin boslui otang bilan qolguncha,
Paxmoq bosbJi onang bilan qol.

Oltin halqadan kech, quloq og’ritsa,
Zardo’zi etikdan kech, oyoq og’ritsa.

Orzuga ayb yo’q.

Ota o’lib bola qolsa — murodiga yetgani,
Bola o’lib ota qolsa — armoni ichda ketgani.

Otam deb, erni tashlama,
So’ng boshingni qashlama.

Otamning o’larini bilsam,
Chaksa kepakka sotib yer edim.

Otasi o’lgan olti kun yig’lar,
Onasi o’lgan — oltmish yil.

Otga minolmagan uzangidan o’pkalar.

Otga o’igangan kishining
Toyga taqimi to’lmas.

Ochga bir non — qalqon.

Och qolib yegan so’ng,
Zog’ora non ham qand bo’lar.

Og’a-ining yomoniab, qani tuqqan topganing,
Arg’umoqni yomoniab, qani tulpor topganing.

Puli kuygan qalampir chaynar.

Shoshilgan kishining pushaymoni ko’p.

Egachimga ishonib, ersiz qoldim.

O’tgan gapga o’kinma.

O’tgan ishga salovat.

O’tgan ishdan tush yaxshi.

O’tib ketgan yomg’irning ketidan o’pkalama.

Qizini tiymagan tizini quchoqlar.

Qo’shiq aytgan horimas.

Har kishiga o’z ishi xush.

12 комментариев к “Mamnunlik va afsuslanish haqida maqollar”

  1. Уведомление: buy cc fullz live

  2. Уведомление: แทงบอลโลก

  3. Уведомление: nice dumps pin

  4. Уведомление: สินเชื่อบ้าน

  5. Уведомление: Plus d'informations

  6. Уведомление: Key Wall Safe

  7. Уведомление: Alexa Nikolas false

  8. Уведомление: jack daniels special release 2021

  9. Уведомление: check here

  10. Уведомление: พรมรถ

  11. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  12. Уведомление: ราคาบอลวันนี้

Комментарии закрыты.