KFC franshizasini ochishning narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

KFC franshizasini ochishning narxi qancha?

KFC franshizasi tovuq go’shtidan tayyorlangan taomlarga ixtisoslashgan Amerika fastfud restoranlari tarmog’i. Oʻzbekistonda KFC franshizalari «International Food Chain» kompaniyasi tomonidan boshqariladi.

Franshiza ochish narxlari quyidagicha:

— dastlabki badal $49 000;
— royalti (brenddan foydalanganlik uchun toʻlov) 11%;

Yuqoridagi shartlarga rozi boʻlganizdan soʻng siz, KFC brendi ostida fastfood filialini ochishga ruxsat olasiz.

KFC ning savdo markazlariga ham qoʻyiladigan talablar mavjud boʻlib, bu talablar asosida shaharning odam gavjum joyida savdo markazini olish va jihozlar xarajatlari ham $270 mingga borishi mumkin ekan.

Okupaemost (qilgan xarajatlarni chiqarish vaqti) mutaxassislarning fikricha 36 oydan 48 oygacha boʻlishi mumkin ekan.

Оставьте комментарий