DO`STLARGA ULASHING:
Urganch shahar 21-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Saidova Sharofatning ,,Kitob-oftob’’ mavzusidagi tadbir
ISHLANMASI
«Kitob-oftob» tadbir ishlanmasi
Tadbir maqsadi:O’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish,bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yordam berish.
Qatnashchilar :
Ertakchi ONA,Kitob ,Ali bobo
Ertak qahramonlari kiyimidagi bolalar,Shahrizoda,Savdogarlar,raqqosalar
O’qituvchi: Китоб – офтоб. Заминни, она табиатни офтоб иситса, одам қалбини китоб илитади, нафақат илитади, балки ѐритади, нурлантиради. Китобга энг қисқа таъриф бериш жоиз бўлса, уни маънавият қуѐши деб таърифлаш ўринлидир. Яъни, қуѐш бўлмаса оламнинг, табиатнинг, ҳаттоки ҳаѐтнинг бўлиши шубҳа остида қолади, китоб бўлмаса, маънавиятнинг ривож- ланиши ҳам мавҳум бир фикр бўлиб қолаверади. Кенгроқ мушоҳада юритадиган бўлсак, миллат баркамол- лиги, Ватан тараққиѐти элнинг китобхонлик даражасига, яъни ўқимишлилигига боғлиқ. Истиқлолдан сўнг мустақил мамлакатимизда Президентимиз ташаббуси ва бевосита эътибори туфайли соғлом авлодни тарбиялаш борасида ибратли ишлар амалга оширилмоқда .Hozir sizlarning e’tiboringizga 2-A sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan katta Kitob bayramiga taklif etamiz.(Kuy taraladi)
1-masxaraboz Qadrli do’stlar.Sharq donolarining donosi Ibn Xattob va go’zallar go’zali sharq ertaklarining betakror aytuvchisi Shahrizoda
2-masxaraboz
Karnay ovozi tinar
Tushganda nogoh salqin
Bayramga sizni chorlar
Siz sevgan zo’rertaklar
Xo’roz qichqirig’i va ot tuyoqlarining sasi eshitildi
Masxarabozlar
1-masxarabozBu nima gap,Ne shovqin
Nega yig’ilgan odam.
Aytgin o’rtoqjon To’lqin
Ne bo’lyapti og’ayni
2-masxaraboz
Bilmaganga solmagin
O’rtoq yaxshi bilasan.
Shoshmay sen biroz turgin
Zo’r tomosha ko’rasan!
Ko’ryapsanmi bu yerga
Yig’ilgan+ ertaklardan
Ko’plab aziz mehmonlar
1-masxaraboz
To’g’ri aytding o’rtoqjon
Zab vaqtida kelibmiz.
Ertaklar olamin
Qahramonlarin ko’rgali.
Siz ham ko’ring bolalar
Qiziq kitob bayramin
2-masxaraboz.
Keling ertakchi ona.
Boshlab bering bayramni.
Kutib qolmasin do’stlar.
Boshlab bering bayramni
Ertakchi ona:Assalomu alaykum aziz, mehribon mehmonlar!Hammangiz ta’zimimni qabul qiling.Bilaman bu yerga kelgan barchangiz kitobsevarlarsiz.Bu yerdagi barcha narsalar siz uchun tayyorlangan.(musiqa tovushi eshitiladi)Bu qanday tovush bo’ldi.Menimcha bu yerga ertaklarimizdan mehmonlar kelishyapti.(ertak qahramonlari kirib keladi)
ШЕХЕРАЗАДА:
Do’stlar chaling sho’x kuyni
Chorlang o’g’il va qizni!
Bayramga tez kelsinlar,
Ertaklarni ko’rsinlar.
Shahrizoda:
Uyingizga tinchlik tilaymiz aziz do’stlar.
Ibn Xattob Assalomu alaykum!
Ali bobo
Tezroq keling bu yerga
Shoshiling kitob bayramiga
Ertaklar darvozasida
Kutmoqda Shahrizoda
Shoshilinglar ,turmanglar
Gapni chetg burmanglar.
Ibn Xattob : Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan.
Shahrizoda:Donolar donosi juda ajoyib sozlar aytdingiz Bilasizmi, birgina kitob yozilishi uchun kishilar yillab izlanishadi. Keyin u kitoblar qo’lingizga yetib kelgunga qadar unga ko’plab kishilarning mehnati singadi.
Ali bobo : Hamma zamonlarda ham kitobga katta ehtirom bilan qarashgan, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishgan. Ocharchilik va urush yillarida kishilar nochor xolatda qolganlarida ham, uyda bor bisotlarini sotishgan, biroq kitoblarni bebaho buyum sifatida asraganlar.
Ibn Xattob : kitob kishini bemehr, beshafqat bo’lishdan asraydi, ezgu fazilatlarni tarbiyalaydi. Bobolarimiz shu narsani bilganlari uchun ham, kitoblarni juda qadrlashgan.
Hamma birgalikda:KITOB ENG MEHRIBON DO’STIMIZ
Alibobo:Bolajonlar Sizni bu yerga Ertakchi ona taklif etganlar.
Shahrizoda:
Ertakchi ona sizni
Kutib qoldilar qarang,
Biz ham charchadik arangDam olaylik siz bilan.
Ertakchi ona:Qadrli bolajonlar!Meni yaxshi taniysiz,ertakchi bo’laman.Bugun bu yerda katta bayram bo’layotgan ekan ,,Kitoblar kuni ’’Bayramimizga KITOBOYNI chorlaylikchi.!».
Kitoboyim sen chaqqon,
Kelgin bu yerga shu on!
Yalmog’iz Kampir: Salom bolalar,o’quvchilar.Qani men bilan salomlashingchi?.
Ertakchi:Hech nimaga tushunmadim .Biz sizni chaqirmadik.Kechirasiz
Yalmog’iz Kampir Nima qilibdi,bir ertakda edim,boshqasiga tushib qoldim!
Ertakchi ona:Bunday qilish mumkin emas!
Yalmog’iz Kampir : Nega ekan?Bari bir bu shumtakalarhech ham kitob o’qimaslar.Bular hatto ertaklarni ham bilishmaydi.Ertak qahramonlarini tanishmaydi.
Ertakchi ona:Unday emas bu bolalar ertaklarni yaxshi ko’radilar,sevib o’qiydilar. Yalmog’iz Kampir Bunga sira ishonmayman!
Ertakchi ona:Bolalar,qani Shum kampirga bir o’zingizni ko’rsating -chi? .
Qanday kitoblarni bilasiz? Klasterga yozib beringchi:
Fantastik kitoblarDarsliklar Ertak kitoblar
Tarixiy Ilmiyasarlar asarlar |