Ko’p esnash qaysi kasalliklarini belgisi xisoblanadi?

DO`STLARGA ULASHING:

1. Surunkali charchash sindromi

Koʻp esnashning eng asosiy sababi xisoblanib, oddiy charchashdan farqi 8 soatlik uyqu bilan uni yengib boʻlmaydi. U oy va yillar davomida ortikcha ishlash, yetarli uxlamaslik, notoʻgʻri ovqatlanish va sport bilan shugʻullanmaslik oqibatida rivojlanishi mumkin. Simon Tompson gipotezasiga koʻra bunda esnash qonda kortizol (stress) gormoni miqdori ortishi bilan tushuntiriladi. Bunda shuningdek quyidagi belgilar xam kuzatiladi: koʻkrakdagi ogʻriq, nafas olishni tezlashishi, yurak urishishini tezlashishi, bosh ogʻrishi va xatto xushdan ketish xolatlari.

2. Obstruktiv apnoe sindromi

Obstruktiv apnoe sindromida insonlarda uyqu paytida nafasning qisqa vaqtli toʻxtashi kuzatiladi. Nafas olish tiklanganda esa uxlayotgan odam boʻgʻilib uygʻonishi, qattiq xurrak olishi yoki chuqur nafas olib yana normal uyquga qaytishi mumkin. Bu muammo keng tarqalgan, yaʼni xar beshta oamning bittasida aniqlanib, uning mavjudligini xamma xam anglay olmaydi. Quyidagi belgilar birga keladi: konsentratsiyani buzilishi, uyqudan turganda ogʻizni qurishi, refleks va javob reaksiyalarini sekinlashuvi, doimiy taʼsirlanuvchanlik, muskullari boʻshashishi va ogʻrishi.

3. Semirish

Semiz odamlarda koʻp esnash ikki xolatda kuzatiladi:

1. Parxezni buzilishi yoki buqoq bezi faoliyatidagi buzilishlar, uyquchanlik va tez toliqish bilan birga keladi.

2. Oʻpka giperventilyatsiyasi sindromi.

Bunda bosh miya faoliyatini buzilishi yoki ortiqcha vaznning koʻkraklarni qisishi xisobiga chuqur nafas olish qiyinlashadi, qonda SO2 miqdori ortadi va kislorod miqdori kamayadi.

4. Depressiya

Depressiya paytida koʻp esnash birinchidan: kortizol mikdorini ortishi, ikkinchidan: antidepressantlar ichish natijasida serotonin gormoni miqdorini ortishi xisobiga kuzatiladi. Uning qoʻshimcha belgilari: umidsizlik va xomushlik xissiyoti, atrof muxitga qiziqishni yoʻqolishi, bosh ogʻrishi ixtiyorsiz agressiyalar va suitsidal xayollar.

5. Yurak kasalliklari

Yurak kasalliklarida esnashni daydi nervning stimulyatsiyasi chaqiradi. U bosh miyani yurak va oshqozon ichak yoʻllari bilan bogʻlaydi. Bunda esnash qon bosimini tushib ketishi va yurak ritmini sekinlashuvi xisobiga kuzatiladi. Boshqa simptomlar: koʻkrakdagi ogʻriqlar, yuzaki nafas olish, yurishni buzilishi, koʻngil aynishi, bosh aylanish.

6. Insult

Koʻp esnash insult oʻtkazgan insonlarda xam xos boʻlib, u orqali bosh miya va tana xaroratini boshqariladi, yaʼni xuruj paytida qiziydi. Esnash insultdan oldin xam kuchayishi mumkin. Shu sababli koʻp esnaganda va quyidagi belgilar: yuzni choʻzilib qolishi, ogʻizning bir tomonida tabassum boʻlishi, qoʻlni koʻtarishni qiyinlashuvi yoki imkonsizligi, nutqni tushunarsiz boʻlib qolishi kuzatilganda tez yordam chaqirish kerak.

7. Tarqoq skleroz

Bosh miya oʻzagini zararlanishi xalqum, chaynash va mimik muskullar ishini buzadi. Bu turli reflekslar buzilishi va esnashga olib keladi. Tarqoq sklerozda nerv tolalarini ximoya pardasi shikastlanishi xisobiga bosh miya va tananing orasidagi bogʻliqlik buziladi. Bir qator nevrologik simptomlar kuzatilashi: siyishni buzilishi, muskul tonusini ortishi, bosh aylanishi, koʻruvni pasayishi, muvozanatni buzilishi, yuzda, tanada va oyoq-qoʻllarda igna sanchganga oʻxshash xissiyotlarni paydo bulishi.

8. Bosh miya oʻsmasi

Koʻp esnash bosh miya oʻsmalarida ortiqcha charchash natijasida kuzatilib, undan tashqari: bosh ogʻrigʻi, xulqni oʻzgarishi (agressiya, apatiya), xotirani pasayishi, koʻrish oʻtkirligini buzilishi xam kuzatiladi.

9. Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar kasalliklaridagi gormonal disbalans esnash bilan bir qatorda: ishtaxani pasayishi, koʻngil aynishi, siydik rangini toʻqarishi, teri va shilliq qavatlarni sargʻayishi, ongni xiralashuvi, oyoq-qoʻllarni shishiga xam olib keladi.

10. Epilepsiya (tutqanoq)

Epilepsiya belgisi sifatida esnash kam uchrasada, bosh miyaning chakka qismlari zoʻriqishi natijasida kuzatiladi. Spazm xuruj paytida va undan keyin kuzatiladi. Qoʻshimcha belgilar: notinchlik va qoʻrquv xissi, ongni xiralashuvi, oyoq-qoʻllarni ixtiyorsiz uchishi (tortishishi).

Ayrim xollarda koʻp esnash bir qator dori preparatlarini nojoʻya taʼsiri sifatida xam kuzatilishi mumkin. Ular antigistamin preparatlar, ogʻriq qoldiruvchi va qon bosimini tushuruvchi preparatlar boʻlishi mumkin.

11 комментариев к “Ko’p esnash qaysi kasalliklarini belgisi xisoblanadi?”

  1. Уведомление: Study in Africa

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  4. Уведомление: www.thedatingadvisor.com/mingle2/

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: psilocybin mushrooms spores for sale​

  7. Уведомление: Poker Match info

  8. Уведомление: Fysio Dinxperlo

  9. Уведомление: ufabtb

  10. Уведомление: Temazepam 10mg

  11. Уведомление: aksara178 daftar

Комментарии закрыты.