kundalik.com uchun 2021-o’quv yiliga to’lov narxi

DO`STLARGA ULASHING:

2021-o‘quv yilida “Kundalik” uchun yillik obuna narxi 365 kun muddatga 8600 so‘mni tashkil etadi. Mazkur summaga login va parol, shuningdek, platformaning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyati ham kiradi. Boshqa hech qanday xizmatga alohida pul to‘lanmaydi.

 

To‘lov bo‘yicha video yo‘riqnoma quyidagi havola bo‘yicha mavjud:

https://www.youtube.com/watch?v=Ep8mYCurph8

 

To‘lov faqatgina www.kundalik.com saytida o‘quvchining yoki ota-onaning profili orqali amalga oshiriladi.

 

Agar siz Kundalik.Family ilovasini yuklab olgan bo‘lsangiz, unga kirish uchun mavjud login va paroldan foydalaning. Agar ular mavjud bo‘lmasa yoki yo‘qolgan bo‘lsa, ularni qayta tiklash uchun maktabdagi ma’murga yoki sinf rahbariga murojaat qiling. Login va parollar bepul beriladi. Kundalik.Family ilovasining PRO-talqiniga kirish 30.11.2021 yilgacha bepul taqdim etiladi.

 

Sizdan asosiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni hamda plastik kartangiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni begonalarga bermasligingizni, boshqa usulda to‘lovni amalga oshirishni so‘raganlar bilan yozishmalar olib bormasligingizni so‘raymiz. O‘z savollaringizga: Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 888-82-82 qo‘ng‘iroq qilish, team@kundalik.com pochtasiga xat yozish, shuningdek, “Kundalik”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga murojaat qilish orqali javob olishingiz mumkin. Tekshirilmagan ma’lumot manbalariga ishonmang.

 

Manba: www.uzedu.uz/

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek