Leonardo Vilgelm Di Kaprio haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Leonardo DiKaprio

– Ha, siz yuqorida Titanik filmidagi Jek ni ko’rib turibsiz, yaʼni, Leonardo Di Kaprioni.

Leonardo Vilgelm Di Kaprio — aktyor, prodyuser va ekolog 1974-yilning 11-noyabrida AQSh ning Kaliforniya shtatida tugʻilgan. Hozirda uning boyligi 260 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Uning ismi mashhur rassom Leonardo Da Vinchi ga havas qilgan holda qoʻyilgan. Onasining qornida birinchi marotaba tepganda, onasi Uffitsi muzeyida Leonardo Da Vinchi rasmini tomosha qilayotgan boʻladi.

Onasi kotiba, otasi komik yozuvchi boʻlgan. Di Kaprio faoliyati davomida jami 99 mukofot yutib olgan. Uning rollari kinosanoatga jami 7.2 milliard AQSh dollari miqdorida daromad olib kelgan (2019).

Qahramonimiz hozirda 46 yoshda. U hali uylanmagan. Farzandlari yoʻq. U oʻzidan 23 yosh kichik aktrisa Kamila Morroni bilan ishqiy munosabatda.

💬 Di Kaprio rol ijro etgan eng yoqtirgan filmingiz qaysi?

Оставьте комментарий